Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama: Sayt rivoji uchun

Ronalduning goli EChL chorak finalidagi eng chiroyli gol bo'lolmadi


Chempionlar ligasi chorak finalining eng yaxshi goli muallifini aniqlash bo'yicha ovoz berish jarayoni natijalari elon qilindi.

UEFA rasmiy sayti o'tkazgan so'rovnoma yakuniy yig'ilgan ovozlarga ko'ra, "Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh "Manchester Siti" darvozasiga javob uchrashuvida urgan gol birinchi o'rinni olgan.

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga qarshi safar o'yinida "qaychi uslubi"da urgan gol ikkinchi o'rinda qolgan, uchinchi o'rinda "Liverpul"ning boshqa bir futbolchisi, Aleks Oksleyd-Chemberlen "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o'yinda urgan gol.

So'rovnomada qatnashgan "Yuventus" hujumchisi Mario Manjukichning "Real" darvozasiga urgan goli va "Barselona" hujumchisi Luis Suaresning "Roma"ga urgan goli to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni egallagan.

Ronalduning goli EChL chorak finalidagi eng chiroyli gol bo'lolmadi

Manba: www.tribuna.uz



» Teg: ECHL |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Tavsiya qilamiz
Hafta futbolchisi
Krishtianu Ronaldu,"Atletik"ga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida gol urdi va "Qirollik klubi"ni mag'lubiyatdan saqlab qoldi.