Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

CHempionlar Ligasida eng ko'p daromad olgan klublar malum bo'ldi "Real" nechinchi o'rinda


UEFA Chempionlar Ligasi 2017/18 mavsumida klublar tomonidan ishlab olingan mukofot pullarini elon qildi.

Musobaqaning g'olibi "Real Madrid" hammadan ko'p - 88 654 000 evroni qo'lga kiritdi. Kuchli uchlikka "Roma" (83 802 000) va "Liverpul" (81 283 000) klublari ham kirdi.

Rossiya chempionati vakillaridan CSKA 23 025 000 evro, "Spartak" – 19 908 000 evro ishlab oldi.

Guruh bosqichida ishtirok etgan har bir klub kafolatlangan 12,7 million evroga ega bo'ldi. Bundan tashqari, g'alaba uchun 1,5 million evro va durang uchun 0,5 million evro bonus oldi.

1/8 finalga chiqqan klublar 6 million evro, 1/4 finalga chiqqan klublar – 6,5 million, 1/2 finalga chiqqan klublar – 7,5 million evro bonus olishdi. Finalda yutqazgan "Liverpul" 11 million evro, g'alaba qozongan «Real» esa 15,5 million evro ishlab oldi.

Umumiy hisobda UEFA klublarga 1,412 milliard evro to'lab berdi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: CHempionlar Ligasi, Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.