Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


CIES Football Observatory ilmiy-tadqiqot markazi 2000-yilda tug‘ilgan eng qimmat futbolchilar reytingini e’lon qildi.

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho ushbu reytingning eng yuqori pog‘onasini band etdi. Markaz angliyalik futbolchini sal kam 200 million yevroga baholagan.

"Borussiya"ning yana bir a’zosi — Erling Xoland esa 101,5 million yevro narx bilan ikkinchi o‘rinni band etdi. Uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalarni "Real Madrid" vakillari Rodrigo Goyes va Vinisius Junior egallashdi. "Chelsi" futbolchisi Kallum Xadson-Odoi kuchli beshlikka kirdi.

1. Jeydon Sancho — 198,5 millionov yevro;
2. Erling Xolland — 101,5 million yevro;
3. Rodrigo — 88,9 milliona yevro;
4. Vinisius Junior — 73,9 milliona yevro;
5. Kallum Xadson-Odoi — 72,3 milliona yevro;
6. Ferran Torres — 55,2 milliona yevro;
7. Eduardo Kamavinga — 53 milliona yevro;
8. Meyson Grinvud — 50,6 milliona yevro;
9. Fil Foden — 50,4 milliona yevro;
10. Moyze Ken — 46 millionov yevro.


Manba: www.std.uz




Muallif: El Capitano |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.