Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Marselo "Real Madrid"ning afsonasi!


"Real Madrid" libosida o'zining 12-mavsumni boshlashga yaqin turgan Marselo klubning afsonasi bo'lib qoldi va endi "Qirollik klubi" uchun eng uzoq o'ynagan yagona brazliyalik futbolchi.

2007-yildagi qishki transfer oynasida Ispaniya klubiga ko'chib o'tgan braziliyalik futbolchi va u bilan bir vaqtda Argentinaliklar Gonsalo Iguain hamda Fernando Gaogo Madrid klubi safiga kelgan edilar, biroq ular allaqachon jamoani tark etib ketishgan.
Marselo "Real Madrid"ning afsonasi!

"Real Madrid" kabi tarixiy va ulkan klubning bir qismiga aylanishi uchun Marselo biroz vaqt kerak bo'ldi. Jamoaga moslashuv davrida u brazliyalik hamkasbi Roberto Karlosning yordami bilan, tezda Madrid garandiga tarkibiga moslashib ulgurdi.
Marselo "Real Madrid"ning afsonasi!

Endi u 29 yoshda. Ayni paytda, brazliyalik "Real Madrid" ning ajralmas qismi hisoblanadi. Argentina futboli afsonasi Alfredo Di Stefano Madrid klubida 11 mavsum harakat qilgan bo'lsa, Marselo 12-mavsumni boshlashga yaqin shunday qilib u Di Stefanoni ortda qildirdi.

Uning keyingi vazifasi - afsonaviy Roberto Karlosni ortda qoldirish bo'ladi u "Qirollik klubi" libosida 527 ta o'yin o'tkazgan. Marselo esa hozirgacha 408ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bu vazifani bajarish oson bo'lmasligi aniq.
Marselo "Real Madrid"ning afsonasi!

Shunga qaramasdan, bu qiyinchilik dunyodagi eng yaxshi qanot himoyachisga yoqadi. u o'z ustida ishlashni davom ettirib, o'z mahoratini oshirmoqchi va yanada qudratli bo'lishga intiladi.

Ko'p yillar mobaynida "Real" muxlislari himoyaviy o'yin ko'rsatadigan Marseloni kuzatib kelishgan bo'lsa, u so'nggi mavsumlarda hujum qilish qobiliyatini ustirdi. Marselo hujumlarga qo'shilish uchun ko'proq vaqtni sarflamoqda, chunki jamoada har doim orqa chiziqni qamrab oladigan tayanch yarim himoyachi Kazemiro paydo bo'ldi.

Rio de Janeyroda tug'ilgan futbolchi 18 yoshida chap qanotda o'ynashni orzu qilardi. Vaqti kelib "Real"ga o'tgach braziliyalik o'zini va butun dunyoga isbotladi, chap qanotda unga mos raqib bo'ladigan hech kim yo'q.
Marselo "Real Madrid"ning afsonasi!

Yaqin o'tmishda Fabio Kointrau Marselo bilan asosiy tarkibdagi o'rin uchun kurasha olmadi. Endi esa, unga yangi raqobatdosh bo'lishi kutilayotgan Teo Ernandez jamoa safiga kelib qo'shildi. Yosh iste'dod egasi Marselo kabi jahon darajasidagi futbolchining soyasida qolib ketmaslik uchun o'zini juda yuqori darajada ko'rsatishga to'g'ri keladi.

Teoning fikriga ko'ra, Marselo jamoaning eng taniqli va hurmatli futbolchilaridan biridir, shu bilan birga "Real Madrid"da ikkinchi vitse-sardori va undan ko'p narsa o'rganmoqchi ekani takidlagan edi.

Marselo 12 yil o'tgach, o'zining sevimli jamoasi bilan barcha musobaqalarni yutishga ulgurdi. Brazliyalik 29 yoshli afsona Ispaniya poytaxtiga 12 yil muqaddam kelganidan keyin, xuddi shunday istaklar bilan kelganini aytgan barchaning yodida.
Marselo "Real Madrid"ning afsonasi!

Spord.ru - saytidan El Capitano tarjimasi.


Muallif: El Capitano |
Teg: Marselo
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.