Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan "Real"ning mag'lubiyatlariga izoh berdi


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL guruh bosqichi doirasida "Tottenhem"ga qarshi kechgan o'yindagi (1:3) mag'lubiyat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hayotda bazi narsalarni to'g'ridan to'g'ri qabul qilishga to'g'ri keladi. Albatta, kiyim almashtirish xonasida kayfiyat yaxshi emas. Mag'lubiyat bizga og'riqli zarba berdi, biroq biz shunga loyiq bo'ldik. "Tottenhem" haqli ravishda g'alaba qozondi. Vaziyatni qanday o'zgartirish kerakligini bilamiz. Hamda biz uni o'zgartiramiz.

Bugun EChL o'yinida mag'lub bo'ldik, unga qadar esa mamlakat chempionatida ham mag'lubiyatga uchradik. Biz bundan xursand emasmiz. O'zimizni yomon his qilmoqdamiz. Sen g'alaba qozonsang, xursand bo'lasan. Mag'lubiyatga uchrasang esa, tushkunlikka tushmaslik lozim. Bu futbol. Oldinda ko'p o'yinlar va hammasini o'zgartirish uchun imkoniyatlar bor.

Odamlar nimani xohlasa, shuni o'ylashi mumkin, biroq biz ruhiy qopqonga tushib qolmadik. Bazan juda kam vaziyatlarni yuzaga keltirib gol urasan. Bugun esa boshqacha bo'ldi. Bizda hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar yuzaga keldi, ammo buning o'rniga raqib birdaniga uchta gol kiritdi.

Biz bugun o'zimizdan barcha jihatlarda kuchli bo'lgan jamoa bilan uchrashdik. Mag'lubiyatning sababi oddiy – biz gol urayotganimiz yo'q. Biroq men xavotir olayotganim yo'q. Jamoamizda tajribali o'yinchilar, chempionlar bor, hamda bizda hammasi yaxshi bo'ladi.

Istalgan jamoa EChLni yutishi mumkin. "Tottenhem" - ulardan biri. Guruh etakchilaridan uch ochkoga ortda qolayapmiz hamda endi qolgan ikkita o'yin haqida o'ylashimiz zarur. Inqiroz? Yo'q, biz inqirozda emasmiz. Shunchaki yaxshiroq jamoaga qarshi o'ynadik va buni qabul qilishimiz zarur",
- deya Zidanning o'yindan keyingi so'zlarini keltiradi Football Espana nashri.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Zinedin Zidan, Real Madrid, Tottenxem
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.