Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eng qimmatbaho tarkibga ega klublar reytingi tuzildi (+ foto)


Angliyaning "Manchester Siti" klubi tarkibi dunyoning eng qimmatbaho tarkibi deb topildi.

Bu haqda CIES Football Observatory tadqiqot markazi xabar bermoqda.

Markaz tadqiqotlariga ko'ra, ingliz klubining umumiy narxi 1,2 milliard evroga teng deya baholanmoqda.

Jamoa tarkibida eng qimmat futbolchi sifatida Kevin De Bryuyne etirof etilgan bo'lib, uning narxi 144,5 million evroga baholangan.

Shuningdek yana uch nafar "Siti" futbolchisining asl bozor narxi 100 million evrodan baland sifatida ko'rsatilgan. bular: Rahim Sterling, Leroy Sane va Gabriel Jezus.

Tarkib jihatdan ikkinchi o'rinda "Tottenhem" jamoasi etirof etilgan. Eng qimmat futbolchisi Harri Keyn (186 million evro) bo'lgan londonliklarning umumiy bahosi 1, 17 milliard evroga baholangan. Uchinchi o'rinda "Barselona" jamoasi bormoqda. Jamoa tarkibining umumiy qiymati 1,13 milliard evro. Eng qizig'i "Barselona" tarkibidagi eng qimmat futbolchi sifatida Luis Suares ko'rsatilgan bo'lib, uning narxi 134 million evroga baholangan.

Kuchli o'nlikdan "Chelsi" (1,04 mlrd evro), "Manchester Yunayted" (919), "Real Madrid" (903 mln, eng qimmat futbolchisi Ronaldu — 96 mln evro), "Liverpul" (901 mln evro), "PSJ" (864 mln evro), "Atletiko" (800 mln evro), "Yuventus" (743 mln evro) kabi jamoalar o'rin olgan.
Eng qimmatbaho tarkibga ega klublar reytingi tuzildi (+ foto)

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Zuhriddin
|
Teg: Klublar reytingi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.