Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Dunyoning eng boy sportchilari elon qilindi


Amerikaning "Forbes" nashri dunyoning eng boy sportchilari ro'yxatini e'lon qildi.

Unga ko'ra, amerikalik afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan 1,85 milliard dollar boyligi bilan birinchi o'rinni egalladi. Bu raqamlarga sportchining maoshi, bonuslar, mukofotlar va reklama shartnomalaridan olingan daromadlar kiritildi.

Qayd qilish joizki, dunyoning eng yaxshi futbolchisi Krishtianu Ronaldu "Real" 725 million dollar daromad bilan 12-o'rinni, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi esa 600 million dollar daromad bilan 16-o'rinni egalladi.

Top-10 tarixdagi eng boy sportchilar:
1. Maykl Jordan (basketbol) – 1,85 milliard dollar
2. Tayger Vuds (golf) – 1,7
3. Arnold Palmer (golf) – 1,4
4. Jek Niklaus (golf) – 1,2
5. Mixael Shumaxer (Formula-1) – 1
6. Fil Mikelson (golf) – 815 million dollar
7. Kobi Brayant (basketbol) – 800
8. Devid Bekhem (futbol) – 800
9. Floyd Meyvezer – (boks) – 785
10. Shakil O'Nil (basketbol) – 735
...
12. Krishtianu Ronaldu (futbol) - 725 million dollar
...
16. Lionel Messi (futbol) - 600.


Manba: www.std.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: Forbes, Top 10
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.