Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ana bo'masam, Azar "Real"ga yaqinlashmoqda


"Real" klubi "Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azarning transferini amalga oshirishga yaqinlashmoqda, deb xabar beradi "Diario Gol" nashri.

Belgiyalik futbolchi JCh-2018 musobaqasidan so'ng, yangi klubga o'tishi mumkin. "Real" Azarning transferi uchun 100 million evrodan ortiq qiymatni to'lashga tayyor turibdi. Natijada, u klub tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi.

Avvalroq, Azar bilan "Manchester Yunayted" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Belgiyalikning o'zi "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Eden Azar, Chelsi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.