Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Hujumchi kabi gol uradigan himoyachi. "Real"ning haqiqiy sardorini eslaymiz


Buyuklar juda ko'p bo'lgan, biroq Yerro - yagona.

"Real" har doim g'alabani sevadigan jamoa bo'lib kelgan. Klubning tarixi juda boy, tarkibda o'ynagan barcha futbolchilar 12 ECHL g'olibligi, 33 LaLiga chempionligi,6 klublar o'rtasidagi JCH, 19 Ispaniya kubogini qo'lga kiritishda katta yordam bergan.
Dunyoda shunday ko'p superyulduzlar bilan katta sovrinlarni qo'lga kiritgan jamoalar juda kam. "Real"da qanday darajadagi futbolchilar o'ynagan: Raul va Pushkash, Xadji va Vudgeyt. Beyl, Kaka va Figuning rekordli transferlari... "Real" har doim dunyoni lol qoldirishni xohlaydi.

Afsuski, Fernando Yerroni ko'p ham futbol muxlislari eslay olishmaydi, u 15 yil davomida "Real"ning "yuragi" bo'lib kelgan. U haqiqiy etakchi, "Barselona"ga qarshi o'yinlarda jamoaning tayanchi bo'lardi. Kiyinish xonasida xotirjamlik va ishonchni saqlashni barchaga o'rgatdi. U buyuk himoyachilardan edi, o'z davrida bir yarim yil davomida ketma ket eng yaxshi himoyachi bo'ldi, o'ta samarador, natijalari Fernando Torres bilan deyarli teng edi.

Ishoning, u hali qaytadi. Florentino Peres sababli u ikki bora jamoani tark etgan - ilk marta 2003 yilda klubsardori sifatida, ikkinchi safar - Karlo Anchelottining yordamchisi sifatida.

Hujumchi kabi gol uradigan himoyachi. "Real"ning haqiqiy sardorini eslaymiz

Fernando Ruis Yerro 1968 yilning martida Veles-Malaga shahrida dunyoga kelgan. U futbol oilasida o'sib ulg'aygan, bu esa uning omadi edi. Ikki akasi - Antonio va Manolo vaqtida u mahalliy "Deportivo Malaga" jamoasida tezda ko'nikib ketdi, biroq skautlar unga etibor qaratishmadi.

Yakunda uni noprofessional "Veles Malaga" jamoasi o'z safiga qo'shib oldi, 1984 yilda "Malaga" uni deyarli hisobga olmadi. Futbol oilasida o'sgan bo'lsa-da, boshida omad undan yuz o'girardi. Oradan biroz vaqt o'tib, uning akalari Fernandoning iqtidoriga ishondi va shu orqali "Veles"ga qaytdi.

Bu vaqtning bekorga o'tishi edi. Bir necha yillardan keyin u kashfiyotga aylandi. Jamoada uning poziciyasiga davogarlar ko'p bo'lganligi uchun Yerro ketgisi kelmadi. Uning oila azolari ham futbolni sevishardi, o'zi esa doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lardi.

"O'shanda bizda tanlov umuman yo'q edi, biz shunchaki futbol o'ynardik. O'z qishlog'imda o'zimni ko'rsatish juda yoqardi. Bu men uchun yorqin xotiralar bo'lib qoladi, buni esdan chiqarmayman.

Yerro juda kamtar yigit edi, Diego Maradonaning o'yinlarini yoqtirardi. U taqdirning zarbalarini sokinlik va xotirjamlik bilan qabul qilardi, hattoki "Malaga" u bilan xayrlashmoqchi bo'lganida ham. Agarda uning akasi bo'lmaganida barchasi tugagan bo'lardi.

Manolo Fernandodan 6 yoshga katta edi. "Malaga"dan ketganidan keyin "Valyadolid" tarkibiga ko'chib o'tdi va Primeroda to'p surdi. Debyut mavsumida u juda zo'r o'ynamadi, biroq "Atletiko" bilan o'yinlarda yaxshi statistika qayd etdi. Katta Yerro jamoaning asosiy fubolchisi edi, shu boisdan uning birgina gapi orqali Fernando bilan shartnoma imzolandi. Aynan u Fernandoga katta imkoniyat taqdim etdi, bundan u juda tez foydalandi.

Bir oydan oshiqroq vaqt davomida undan zaxiradan tushirib, o'yinni kuchaytiruvchi sifatida foydalanishdi. 1987 yilning 4 oktyabr kunida u "Espanol"ga qarshi o'yinda ilk marta asosiy tarkibda maydonga tushdi. O'z tug'ilgan kunida, 20 yoshga kirganida debyut golini ham urdi.

Kichik Yerroning jamoa o'yiniga tasiri katta edi. Mavsum yakunlariga ko'ra, unga "Barselona" tomonidan qiziqishlar bildirilgandi, biroq ular boshqa futbolchi bilan shartnoma imzolashdi.

Fernando esa to'xtashni istamasdi. 3 qizil kartochka 1988/89 yilgi mavsumni to'liq o'tkazishga qarshilik ko'rsatdi. O'sha mavsumda uning jamoasi Primeroda 6-o'rinni qo'lga kiritib, UEFA Kubok egalari kubogi turniriga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Jamoa kayfiyatini Ispaniya kubogi finalida "Valensiya"ni mag'lub etgan "Real" buzdi. Fernando esa Madrid superklubiga o'tishga loyiq ishlarni bajarayotgandi.

O'sha mavsumda eng qiziqarli holat yuz berdi: ikki soatda u "Atletiko"ga etib bordi. Biroq u oldingi o'yinda qizil kartochka olganligi sababli o'yinda maydonga tusha olmasdi. SHunday bo'lsa-da, jamoadoshlari bilan "Visente Kalderon"ga etib bordi va o'sha jamoaga transfer qilinganligini bildi. "Atletiko" prezidenti futbolchini sotib olishga rozilik bergan, biroq u mavsum yakuniga qadar "Valyadolid" tarkibida o'ynashi kerak edi. Yerro jurnalistlarga hech nima deya olmasdi, o'zi bundan endigina xabar topgan, shartnoma ham imzolanmagandi.

Agarda "Real" bo'lmaganida, Yerro "matraschilar" azosiga aylanardi. "Real"ning qiziqishlari sababli o'sha transfer amalga oshmadi. Hamisha ochiqko'ngil va yaxshi inson sifatida ko'ringan murabbiy Xil bundan g'azabda edi, Yerroni "etishmaydigan yigit" deb atadi.

SHu orqali Yerroning "Real"dagi faoliyati boshlandi. "Valyadolid"da u poziciyasini o'zgartirgan, himoyada o'ynardi, ayrim vaqtlarda yarim himoyachiga aylanardi. Biroq "Real" murabbiyi Jon Toshak uni jamoaning yana bir yangi futbolchisi Oskar Rujeri bilan birga himoyaning o'rtasida o'ynatishga qaror qildi.

Debyut mavsumni omadli deb bo'lmaydi: barchasi golsiz duranglar bilan boshlandi, keyinchalik "Barselona"ga 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchraldi. Jamoani evrokuboklardan "Milan" chiqarib yubordi, undan keyin "Sosedad"dan nokautga uchraldi.

Bu dahshat emasmi? "Real" muxlislari uchun shunday. Biroq mavsum yakunlariga ko'ra jamoa g'oliblikni tantana qildi. Ligada umumiy 107 gol urildi va bu rekord hali ham yangilanmadi. SHulardan ettitasini Yerro kiritdi. O'sha yili u ilk marta Ispaniya termasiga chaqirildi va Polshaga qarshi o'yinda yarim himoyada to'p surdi.

"Menda himoyachilik mentaliteti yo'q", - dedi Yerro o'zining ettita urgan goli haqida. "Biroq bu natijalarning barchasiga himoyachi bo'lib, raqiblarinng xatosi evaziga erishdim".

O'zi shunday desa ham futbol ahli uni himoyachi deb bilardi. Yarim himoyada o'ynasa u juda ko'p bora o'yindan tashqari holatga tushib qolishini barcha murabbiylar bilardi.

Balkim poziciya va amplua har doim aktual muammo bo'lar, biroq milliy termada bunday emasdi. Debyutidan keyin 1990 yilda Albaniyaga qarshi o'yinda gol kiritdi va uni to'xtatishning iloji bo'lmadi: 1992 yilda uch, 1993 yilda Daniyaga qarshi uchrashuvda hal qiluvchi gol, 1998 va 1999 yillarda 6 uchrashuvda 6 gol... Agarda o'shanda u butsalarini mixga ilganida u 89 uchrashuvda 29 gol kiritgan bo'lardi. U Emilio Butragenoni ortda qoldirdi va termaning eng yaxshi to'purariga aylanib oldi.

"Real"da u umuman boshqa ishni bajarardi, biroq uning uslubi o'zgarar, har doim jamoaga ko'nikib keta olardi. Toshak qo'l ostida jamoa agressiv o'yin namoyish etardi va ko'proq gollar urardi. Ammo 90-yillardagi uslub muxlislarga ko'proq yoqardi. Eng yaxshi hujumchilardan biri Ugo Sanches 32 yoshga kirganida o'z jismoniy holatini yo'qota boshladi. "Real" to'rt mavsum chempion bo'la olmadi, faqatgina bir marta Ispaniya kubogini qo'lga kiritdi.

Hujumchi kabi gol uradigan himoyachi. "Real"ning haqiqiy sardorini eslaymiz

1991 yildan 1993 yilga qadar Yerro barcha turnirlarda 55 gol urdi. "Espanol"ga qarshi uchrashuvda esa 17 daqiqada 4 gol urishga erishdi. Radomir Antich va Bennxaker unga oldinga o'tishga imkoniyat bergandan Yerro yaxshi foydalandi va umumiy hisobda 26 gol urishga erishdi.

90-yillarning o'rtalarida Yerrodan zo'ri yo'q edi. U himoyada engilmas, yarim himoyada yaxshi paslar berib, hujumda vaziyatlarni yakunlashda juda yaxshi edi. U har qanday imkoniyat: o'yindan, standartlardan, penaltidan unumli foydalana olardi. Uning texnikasi va fintlarini haqida "El Pais" jurnalisti Santyago Segurola shunday degandi: "Hujumchi ruhidagi himoyachi".

Biroq Yerro uchun asosiysi gollar urish va yorqin vaziyatlarda ishtirok etish emasdi. Barchasi g'alaba uchun qilinayotgan edi. "Jamoam har doim yutishi kerak. Ushbu maqsadni amalga oshirishga qo'shgan xissalari uchun barchani yaxshi ko'raman. G'alabalarni yoqtiraman va buni yashirmayman". Biroq uning jamoasi har doim ham g'alaba qozona olmasdi.

32 yil oldin jamoa Francisko Xento, Pirri va Manuel Velaskeslar bilan kuchayganidan keyin "Partizan"ga mag'lub bo'lganida o'zlariga lanat orttirib olgandi. O'shandan keyin jamoada biroz sokinlik ro'y bergandi va 1998 yilda chempionlikni eslashgandi.

Biroq bularning barchasi shunchaki ovoza edi. Ispaniyada "Real" "Tenerife"dan keyin 6-o'rinni egallab, ECHLga yo'llanma oldi. O'sha yillarda "Yuventus" Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri edi. "Real" esa ikki frontda kurasha olmasdi.

Hayajonli onlar keldi. Alessandro Del Peroning jarimadan tepgan to'pidan keyin Zidan vaziyatdan foydalana olmadi. Moreno Torrichelli, Yuliano va Pippo Indzagilar ham imkoniyatni yo'qqa chiqarishdi. Oradan 25 daqiqa o'tib, Predrag Miyatovich ham o'tkazib yuborilmadi.

"Yuve" o'yinda gol ura olmadi. Bunga sababchi Yerro edi, u bemalol Del Peroni to'xtatib qola olgandi.

Qahramonning o'zi kitobni yozdi, bu esa "Real"da yangi eraning boshlanishi edi. To'rt oyda Sanchis ketganidan keyin Yerro jamoa sardori bo'lgan vaqtida "qirollik klubi"ning qurbonlari shunday jamoalar bo'ldi: "Valensiya" (3:0) va "Bayer" (2:1).

Balkim bu yillar Yerro uchun eng yaxshi davrlar bo'lmagandir, biroq u buyuklikni boshidan o'tkazayotgan edi. Stiv Makmanamanning aytishiga ko'ra, jamoada usiz hech qanday qarorlar qabul qilinmasdi. Biroq barcha Fernando Yerro yoki Florentino Peresni tanlashi kerak edi.

Jamoaga haqiqatdan ham yangi era kirib keayotgandi. Peres futbolchi Luish Figu bilan ishlarni pishitib qo'ygandi. Jamoada shunday superyulduz paydo bo'lganidan Yerro mamnun emasdi. 2005 yilda ushbu holatni u shunday esladi: "Yaxshi futbolchilar, juda yaxshi futbolchilar va buyuk futbolchilar bor O'shanda men jamoadagilarga foyda emas, zarar keltirayotganimizni aytgandim".

U to'g'ri aytdi: 2003 yilda uning jamoasi so'na boshladi. Muallifning gaplariga ko'ra, jamoa prezidenti Yerro va Del Boskedan ko'p norozi bo'lgan, qarashlarini o'zgartira boshlagan. Prezident Fernando Redondodan qutulgandi va Morientesni sotib yuborishga tayyorlanayotgandi. Yerro esa uni yaxshi ish qilmayotganda ayblagandi.

"Real" Primeroda g'oliblikka erishganida ham Yerro jamoadoshlarini hurmat qilmadi. Doimiy ravishda Peresni tanqid qilaverganidan jamoa bilan xayrlashishga ham ulgurmadi.

Yerro "Real"ning 14 yillik sardori sifatida 2003 yilning yozida jamoani tark etdi. U 5 marta chempionlikni qo'lga kiritdi, 3 bora CHempionlar kubogi sohibi bo'ldi. Primeroda esa 497 uchrashuvda 105 gol kiritgan.

Hujumchi kabi gol uradigan himoyachi. "Real"ning haqiqiy sardorini eslaymiz

Championat.asia - Sayti asosida tayyorlandi.


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, Fernando Yerro
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.