Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

EChL ishtirokchilariga endi o'tmishdagi natijalariga qarab mukofot beriladi


UEFA kelgusi mavsumdan boshlab Evropa chempionlar ligasida ishtirok etuvchi klublarga ajratilgan mukofot pullari berish tizimini o'zgartirmoqchi.

"La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berishicha, endilikda malum summa jamoaning oldingi turnirlarda qayd etgan natijasiga qarab belgilanadi.

Qayd qilinishicha, mukofot pullari to'rtta tamoyil bo'yicha belgilanadi, ulardan biri — 30% — bu jamoaning EChL tarixida qayd etgan natijalariga bog'liq bo'ladi. Jamoalarning darajasiga qarab reyting tuzib chiqiladi va ularning butun turnir davomida qayd etgan natijalari hisobga olinib, mukofot pullari belgilanadi.

Kelgusi mavsumda Evropa chempionlar ligasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,9 mlrd evroni tashkil qilishi ko'zda tutilgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: Chempionlar ligasi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.