Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

BBC ning vaqti o'tdimi?


"Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan o'yindan keyin press-konferensiyada har doim BBC triosini qo'llab-quvvatlashi va ular formada bo'lsa birga o'ynatishi mumkinligi haqida gapirib o'tadi.

Hozirda Beyl, Benzema va Krishtianu Ronaldu soppa sog', ammo fransiyalik mutahassis ularni negadir birga o'ynatmayapdi. Xo'sh siz bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

2016-yil yanvarida Zidan bosh murabbiy bo'lib kelgandan keyin ularni maydonda qancha o'ynatdi. Kelgan mavsumining yarmida 27 ta o'yindan 7 tasida (33%) BBC triosini maydonda o'ynatgan bo'lasa, navbatdagi to'liq mavsumda esa 60 ta o'yindan bor yug'i 16 tasida yani (26%)da BBC ni maydonda birgalikda harakat qilishiga imkon bergan. Kardiffdagi finalda esa Beyl 77-daqiqada zahiradan o'yinga qo'shilgandi. Bu o'yin Beylning 23-aprelda "Barselona" bilan bo'lgan o'yinda tizzasidan olgan jarohatidan keyin ilk o'yini edi.

Ushbu mavsumda BBC triosining statistikasi: Ronaldu mavsum boshida 4 ta o'yinga chetlatilgani sabab Ispaniya kubogi javob uchrashuvini o'tkazib yubordi. Beyl esa uzoq muddat jarohat olib maydonga tusha olmadi. Bu esa o'z vaqtida Isko, Asensio va Vaskeslarga o'yin amaliyotini taqdim etdi. BBC triosi uchbu mavsumda 53 ta o'yindan atigi 4 tasida (7.5%) maydonga birga tushishdi. Ular chempionatning 20-turida birga maydonga tushishdi. Benzema o'yinga 64-daqiqada zahiradan qo'shilgan bo'lsa, Ronaldu va Beyl asosiy tarkibda o'yinni boshladi.

Shundan keyin 21-turda "Valensiya", 22-turda "Levante" bilan bo'lgan o'yinlarda maydonda harakat qilishdi. Faqatgina 25-turda "Alaves" bilan bo'lgan o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qilishdi. Shundan so'ng BBC triosi maydonda birga o'ynashmayapdi.

Xo'sh bu savolni yuqorida berib o'tganimday yana beraman bunga asosiy sabab nima? Qanday gol urishni unitb qo'ygan Benzemami? Yoki optimal formada bo'lsada maydinga tushmayotgan Beyl bunisi bizga qorong'gu. Biroq katta ehtimol bilan Benzema jamoani tark etishi mumkin, buning asosiy sababi barchangizga malum. Ammo Beylning ketishi haqidagi xabarlarchi bularni mish-mish deb aytolmaymiz, chuni o'ziga yarsha sabalari bor.

Hozir men sizlarga yuqorida aytib o'tgan sabablarimni sanab o'taman

Beyl nega ketishi kerak u yaxshi mavsumni o'tkazayapti jamoa to'p urarlar reytingida Ronaldudan keyin ikkinchi o'rinda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib 11 ta gol urgan va 4 ta golga uzatma bergan deyishingiz mumkin. Biroq bu natija hech nimani anglatmasligi ham bor gap, sabab o'tgan mavsumni ajoyib o'tkazishgan Morata va Xames ular ham joriy mavsumdagi Beyldan qolishmagan edi. Ammo yakunda nima bo'ldi ikkisi ham "Qirollik klubi"ni tark edi. Bu bilan nima demoqchimiz futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Hala-Madrid.Uz uchun mahsus!


Muallif: Abdurasul

Teg: Real Madrid, Beyl, Benzema, Ronaldu
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!