Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot


Yaqin bir necha kunlardan keyin butun dunyoning e'tibor markazida bo'lishi kutilayotgan bahs bo'lib o'tadi.

UEFA CHempionlar ligasi finaliga ham oz qolmoqda. Jurnalistlar va muxlislar, umuman olganda butun dunyo bahs bo'lib o'tadigan kunni sabrsizlik bilan kutishmoqda.

Biz sizlarga ushbu final haqida malumot beramiz.

"LIVERPUL" 11 YIL DEGANDA FINALGA CHIQDI

"Liverpul" ancha vaqtdan buyon sovrin qo'lga kiritmadi. Jamoa Brendan Rojers vaqtida APL chempionligini qo'lga kiritishga yaqin kelgandi, biroq kichik muammo sababli sovringa ega chiqilmadi.

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

Mersisaydliklar ECHLda bundan 13 yil avval yorqin natijani qayd etgandi. O'shanda "Milan" uchun triller kabi tugagan filmda APL jamoasi g'alabaga erishgandi. Oradan 2 yil o'tibYU "Liverpul" ECHL finalida mag'lubiyatga uchradi.

Ayni damda jamoa tarkibida Luis Suares, Filippe Koutino kabi kabi futbolchilar o'ynamayapti. Biroq jamoa ularsiz ham gigant jamoa nomini saqlab qola oldi.

Yurgen Klopp o'z ambiciyalari bilan jamoaga katta yordam berdi. Germaniyalik mutaxassis jamoani raqobatbardosh qilib "tarbiyaladi“.

Xo'sh, "Liverpul" o'zining ECHL finalidagi so'nggi mag'lubiyati alamini oladimi? Yoki "Real" ketma ket uchinchi bora sovrinni qo'lga kiritadimi?

"REAL MADRID" REKORD O'RNATIB BO'LGAN

So'nggi 5 yilni hisobga oladigan bo'lsak, "Real" ECHLda eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etmoqda.

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

Bir vaqtlar "Real" kabi natijani Arrigo Sakki boshchiligidagi "Milan" qayd etgandi. Jamoa 1989 va 1990 yillarda ketma ket ikki marta UEFA chempionlari kubogi g'olibligiga erishgandi.

"Real" esa ketma ket uchinchi marta finalga chiqib, barcha rekordlarni buzib tashladi. SHuningdek, jamoa so'nggi 5 yilda to'rtinchi marta finalga chiqdi. Bu ishni ham hali birorta jamoa uddalay olmagan.

Zinedin Zidan boshchiligidagi "Real" allaqachon rekord o'rnatib bo'lgan. Agarda g'alabaga erishiladigan bo'lsa, "Real" ECHLda ketma ket uch marta g'oliblikka erishgan yagona jamoaga aylanadi.

O'ZARO O'YINLARDAGI USTUNLIK "LIVERPUL" TOMONIDA

Tomonlarning o'zaro o'yinlari statistikasiga qaraydigan bo'lsak, "Liverpul"da kichik ustunlik borligini ko'ramiz.

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

O'tkazilgan 5 bahsda hisob quyidagicha: 3:2. Dastlabki, uch o'yinda "Liverpul"ning (1:0, 1:0, 4:0) qo'li baland kelgan bo'lsa, so'nggi ikki uchrashuvda madridliklarning (3:0, 1:0) g'alabasi qayd etilgan. Gollar urishdagi nisbat ham "qizillar" foydasiga: 6:4.

Ammo natijalar o'tmishda qolib ketgan. 26 may kungi uchrashuvda hech qanday statistikaga etibor berilmaydi. Ikki tomon ham g'alaba qozonishga intiladi. "Real" ketma ket uchinchi, "Liverpul" esa 13 yildan keyin ilk ECHL sovrinini qo'lga kiritish uchun qattiq harakat qiladi.

KLOPP "REAL MADRID"GA QARSHI O'TGAN SO'NGGI O'YINIDA G'ALABAGA ERISHGAN

Statistikalarga to'xtaladigan bo'lsak, Yurgen Klopp xalqaro maydonlarda "Real"ni eng ko'p mag'lub etgan murabbiy hisoblanadi.

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

U Ispaniyaning grand jamoasi ustidan 6 bora g'alabaga erishgan. Klopp 2013 yilda uning jamoasi "Borussiya" ECHL finali ostonasida "Real"ga qarshi maydonga tushgan. Unda dortmundliklarning qo'li baland kelgan va finalda "Uembli"da "Bavariya"ga qarshi bahs olib borgan.

Xo'sh, Kievdagi o'yin uchun ham Kloppning rejalari bormi? U uzoq yillik tanaffusdan keyin "Liverpul"ga sovrin taqdim eta oladimi?

G'OLIB TOMON YETAKCHISI "OLTIN TO'P"NI QO'LGA KIRITISHI MUMKIN

Saloh "Liverpul"ga kelganidan keyin jamoa uchun bir mavsumning o'zida 44 gol urdi va 16 golga assistentlik qildi.

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

So'nggi yillarda Salohga o'xshagan futbolchi chiqmayotgandi. Yani, Ronaldu va Messiga jiddiy raqobat qiladiganlar topilmayotgandi. Ko'pchilik muxlislar uning "Oltin to'p"ning sohibi bo'lishini istashayotgani aniq. Biroq bu ko'proq ECHL finaliga bog'liq.

Agarda finalda "Real" g'alabaga erishadigan bo'lsa, katta ehtimol bilan Ronaldu “Ballon d’Or”ning egasiga aylanadi va sovrinni qo'lga kiritish borasida etakchi bo'lib oladi.

"Real Madrid" - "Liverpul". to'qnashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan 5 malumot

"CA" - nashri asosida www.hala-madrid.uz uchun maxsus!


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Liverpul
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.