Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" / Telegramda <<<
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer


"Real" - futbol tarixidagi eng buyuk jamoalaridan biri.

Bu jamoa har doim o'ziga yuqori maqsadlarni qo'yadi va shu yo'lda qattiq intiladi va bunga erishadi.

"Real"da har davrda dunyoning eng kuchli futbolchilari harakat qilishgan. Ammo, futbolchi transfer qilish borasida "Real"da ham muammolar bo'lib turgan.

5. ANTONIO KASSANO

Italiyalik hujumchi Antonio Kassano uzoq vaqt mobaynida "Real"ning zaxirasida o'tirdi.

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer

U "Roma"dagilar bilan yomon munosabatda bo'lgani uchun, u erdan sharmandalarcha ketdi. 2006 yilda u 5 mln evro evaziga "Blankos" tarkibiga ko'chib o'tdi.

"Real" har doim o'z davrining eng kuchli futbolchilarini sotib olardi. Biroq jamoa bu safar faoliyatida bir mavsum davomida 20ta ham gol kirita olmagan futbolchi bilan shartnoma imzolagani g'alati hodisa bo'lgandi.

Voqealar rivoji salbiy tus ola boshladi. Kassanoning jamoadagi o'yinlari umuman o'xshamadi. U asosiy tarkibga kira olmadi, Fabio Kapello ham unga yordam bermadi va jamoadan "surib chiqara" boshladi.

2006dan 2008 yilga qadar u "Real" tarkibida bo'ldi va jamoa tarkibida 19 uchrashuvda qatnashib, 4 gol kiritdi. U Madrid superklubi uchun umuman kerak bo'lmagan futbolchilar toifasiga kirib qoldi, g'alabalar va chempionlikda uning yordami tegmadi.
SHu orqali u "Sampdoriya" safiga o'tib ketdi.

4. FERNANDO SANS

Sanz 1996 yilga qadar "Real"ning yoshlar tarkibida o'ynadi.

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer

Biroq ispaniyalik futbolchi "Bernabeu"da hech qachon o'zini jamoa uchun kerakli futbolchi deb hisoblamagan. Bundan tashqari, uning otasi Lorenco Sans o'sha vaqtlarda "Real" prezidenti bo'lgan bo'lsa ham, Fernando jamoada o'z o'rnini topa olmadi. Uning o'gay akasi Michel Salgado esa "Real"da o'z yo'lini topib keta olgandi.

Sans 3 mavsum davomida "Real" tarkibida 35 uchrashuvda maydonga tushdi va natijaga tasir qiladigan hech qanday ishni bajara olmadi. O'sha vaqtlarda "Real"ni boshqargan Yupp Xaynkess Fernandoning o'yinlariga ko'p ham etibor bermadi.

Keyinchalik u "Malaga"ga ko'chib o'tdi. Bu klub tarkibida u 7 mavsum harakat qildi va 205 uchrashuvda qatnashdi.

3. JYULEN FOBER

Yana bir g'alati transfer. Foberda g'oliblik ruhi yo'q edi, biroq "Los Blankos" tarkibida o'ynashga loyiq bo'lgandi.

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer

"Vest Xem" bilan shartnoma imzolanganidan keyin u 2009 yilda "Real"ga 6 oyga ijaraga berildi. Biroq u har doim ham asosiy jamoa bilan birga bo'lmadi. "Real" tarkibida faqatgina ikki uchrashuvda maydonga tushdi.

Fransiyalik futbolchi "Vilyareal"ga qarshi uchrashuv vaqtida zaxira o'rindig'ida qilgan ishlari uchun qattiq tanqid qilindi. Xo'sh, "Real" uni ijaraga olib, to'g'ri ish qilganmi?

2. JONATAN VUDGEYT

Jonatan Vudgeyt - o'z vaqtida "Real"ning eng yomon transferlaridan biri bo'ldi.

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer

O'zining baquvvat bo'lmagan gavdasi va ketma-ket jarohatlardan keyin u "Bernabeu"ning nafratiga uchradi. U 2004 yilda "Nyukasl"dan 13,4 mln funt evaziga "Nyukasl"dan transfer qilingandi.

Ushbu transfer borasidagi qaror juda yomon bo'lib chiqdi. Vudgeyt "Real"dagi o'z debyutida "Atletik" bilan bahsda zaxiradan maydonga tushgan zahotiyoq o'z darvozasiga gol kiritib qo'ydi. SHu boisdan u jamoaning asosiy tarkibiga kiritilmay qo'ydi. SHuningdek, jarohatlar ham uning o'z mahoratini ko'rsatishiga xalaqit qildi.

U "Real"da 3 mavsumda 14 uchrashuvda qatnashdi va "Midlsbro" tarkibiga ko'chib o'tdi.

1. ROYSTON DRENTE

2007 yilning yozida Roystonning orzulari ushaldi va u "Real" tarkibiga ko'chib o'tdi.

"Real" tarixidagi eng yomon 5 transfer

"Los Blankos" uning xizmatlaridan foydalanish uchun "Fenerbaxche"ga 14 mln evro to'ladi. U o'z debyutida shijoatkorlikni namoyish etib, gollandiyaliklarga shunday futbolchi borligini tushuntirgandek bo'ldi.

SHunday bo'lsa-da, yosh Marselo o'yinlarda qatnashishda davom etdi. Jamoa bosh murabbiyi esa Drenteni zaxiraga o'tkazib qo'yaverdi va braziliyalik futbolchini undan afzalroq bildi.

"Deportivo"ga qarshi uchrashuv vaqtida u muxlislar tomonidan hushtakbozlik bilan qarshi olindi va Drente navbatdagi uch uchrashuvda o'ynashdan bosh tortdi.

U keyinchalik "Everton" va "Erkules" jamoalari tarkibida harakat qildi. Royston Drente Madrid muxlislari etiborini qozonmadi va jamoaning tarixdagi eng yomon transferi sifatida joy oldi.

"CA" - nashridan Mirjalol Normatov tarjimasi www.hala-madrid.uz uchun maxsus.


Muallif: El Capitano

Teg: Real Madrid
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!