Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Barselona" va "Real" meksikalik hujumchi uchun kurashadi


Gollandiyaning PSV klubi va Meksika terma jamoasi hujumchisi Irving Losano Ispaniyaning top-klublari nazariga tushgan.

Goal xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi xizmatiga "Barselona" va "Real" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ko'k-anorranglilar hujumchini Luis Suaresga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Qirollik klubi murabbiylar shtabi ham Losano o'yini jamoaga mos ekaniga ishonmoqda.

Losano PSV tarkibida 2017 yildan beri to'p tepadi. Joriy mavsumda u Gollandiya chempionatida 6ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urgan.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Barselona, Irving Losano, PSV
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.