Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Raul murabbiy sifatida ilk sovrinni qo'lga kiritdi


Ispaniyalik sobiq futbolchi Raul Gonsales mart oyidan buyon Realning 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilaridan tashkil topgan jamoasini boshqarib kelmoqda.

41 yoshli mutaxassis jamoa bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritib, murabbiylik faoliyatidagi ilk sovrin egasiga aylandi. Raul klub boshqaruviga Alvaro Benitoning o'rniga tayinlangan edi. O'z navbatida Benito Ispaniya kubogining yarim finalida «Real»ning «Barselona»ga yirik hisobda mag'lub bo'lganini (0:3) tanqid qilgani uchun istefoga chiqarilgandi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng, Raul instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga quyidagicha izoh qoldirdi:
«Yoshlar uchun ajoyib mavcum bo'ldi! CHempionlikka erishgan buyuk jamoaning bir bo'lagi ekanligimdan faxrlanaman».

Eslatib o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi 2015-yilda futbolchilik faoliyatiga yakun yasagandi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Raul Gonsales, Real Madrid, Alvaro Benito
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.