Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" futbolchisi uchun Evropaning 5 ta grandi kurash olib bormoqda


U faoliyatini xorijda davom ettirmoqchi.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Markos Lorente jamoadan ketishga juda yaqin turibdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Manchester Yunayted","Arsenal", "Roma", "Atletiko" va "Sevilya" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. Ta’kidlash kerakki, Lorentening o‘zi Ispaniyadan tashqarida o‘ynashni xohlamoqda. Shu bois uning APL klublariga o‘tish ehtimoli yuqoriroq.

Ma’lumot uchun, Lorente joriy mavsum “Real” safida jami 15ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol urishga erishdi. Uning transferi 15 mln evroga baholanmoqda.

Manba: Sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Markus Lorente
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.