Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Xamesning otasi: "U "Atletiko"ga yaqinmi yoki "Napoli"ga? U..."


Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodrigesning otasi Xuan Karlos Restrepo o'g'lini "Atletiko"ga o'tishga yaqin deb hisoblaydi.

"Seni ko'rishni xohlashadigan joyda o'ynash kerak. Xamesga eng yaxshi klublar qiziqayotganligi baxt. Men o'g'limning qayerga o'tishni xohlayotganligini bilmayman. U "Atletiko"ga yaqinmi yoki "Napoli"ga? U allaqachon Madrid, Ispaniya bilan tanish. Uning bu mamlakatda o'z uyi bor. Mening fikrimcha shu omillar unga qaror qabul qilishda yordam beradi", - deydi Restrepo.

SHuni takidlab o'tish kerakki, Xames shu yili Ispaniya fuqaroligini qabul qildi.

Xames faoliyatini Kolumbiyaning "Envigado" klubida boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "Bavariya" va "Real"dan tashqari "Banfild", "Portu" va "Monako" klublari sharafini himoya qilgan.

Yarim himoyachi 2011 yildan beri Kolumbiya terma jamoasida harakat qiladi.

Futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 35ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 7ta assist qayd etgan.

Xamesning otasi: "U "Atletiko"ga yaqinmi yoki "Napoli"ga? U..."

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Atletiko, Xames Rodriges
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.