Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Anchelotti Xames transferi haqida nimalar dedi?


"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Real"dan Xames Rodriges transfer qilinishi kutilayotganiga izoh berib o'tdi.

"U keladimi-yo'qmi, buni bilmayman, ammo shunga umid qilyapman. Xamesni yaxshi bilaman, u yarim himoyadagi istalgan pozitsiyada o‘ynay oladi.

Men uni chap qanotda ham, "To'qqizlik"da ham va hatto o'ng qanotda ham o'ynatib ko'rganman. Uning pozitsiyasi muammo tug'dirmaydi. U moslashib olgach, ko'plab nuqtalarda foyda keltira oladi.

10-raqamga keladigan bo'lsak, bu yerda asosiysi – u "Napoli" futbolkasini kiyishi. Qaysi raqamda o'ynashi eng muhimi emas. Undan vaqt va sabr talab qilinadi", – dedi Anchelotti.


Eslatib o'tamiz, Kopa Amerika ramziy termasidan
joy olgan Xames kuni kecha "Real"ning Amerika turnesiga boradigan tarkibiga kiritilmagan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Xames Rodriges, Napoli, Karlo Anchelotti
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.