Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Arsenal" va undan tashqari yevropaning uch grandi Sebalosga davogar


"Real Madrid" yarimhimoyachisi Dani Sebalos hamon "Arsenal" diqqat markazida bo'lib turibdi.

"Sky Sports" nashri berayotgan xabariga ko'ra, London klubi 22 yoshli ispanni ijaraga olmoqchi. Unga "Liverpul", "Milan" va "Tottenxem" klublari ham qiziqish bildirmoqda, ular orasidan "shporlar" favorit ko‘rilmoqda.

Avvalroq "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Sebalosga asosiy tarkibdan joy va’da qilgani haqida xabar berilgandi.

Qayd etish joiz, Sebalosning o'zi boshqa klubga ijara asosida o'tishga qarshi emas: u kelajakda "Real"ga qaytib, asosiy tarkibning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanishni niyat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Qirollik klubi" Danini ikki yil oldin "Betis"dan 18 mln yevroga sotib olgan edi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Dani Sebalos, Real Madrid, Arsenal
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.