Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kutilmaganda. Zidan "Real"ning Kanadadagi yig'inini tark etdi


"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubning Monrealdagi bazasini tark etdi.

Klub rasmiy saytiga ko'ra, 47 yoshli mutaxassis shaxsiy sabablar tufayli shunday yo‘l tutishiga to'g'ri kelgan.

Zidanning yo'qligida mashg'ulotlar jarayonini uning yordamchisi David Bettoni boshqarib turadi.

"Qaymoqranglilar" 18 iyulgacha Kanadada bo'lib, so'ng Xalqaro Chempionlar kubogida qatnashish uchun AQSHga yo'l oladi.

Zidan 20 iyul kunigacha yig'inga qaytishi kutilmoqda. Shu kuni "Qirollik klubi" Texas shtatida "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi. Oy oxirigacha esa "Arsenal" va "Atletiko" bilan o‘yinlar ham kutmoqda.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.