Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan hali ham Mbappega umid qilmoqda


Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolash uchun variantlarni qidirishda davom etadi.

Zidan "Real" prezidenti Florentino Peres bilan bu boradagi bo'lgan kelishmovchilikdan so'ng ham 20 yoshli francuz futbolchisini o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

Murabbiy Mbappeni sotib olish uchun bir yil kutishga ham rozi.

Mbappe PSJga 2018 yil yozda "Monako" safidan o'tgan edi. U yakunlangan mavsumda 43ta bahsda maydonga tushib, 39ta gol urishga erishgan.

Forvardning parijliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchi 2017 yildan buyon Franciya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Zidan hali ham Mbappega umid qilmoqda

Manba: www.championat.asia


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Kilian Mbappe, PSJ, Real Madrid, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.