Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ancheloti: “Xames bilan muzokaralar davom etmoqda, ammo...”


“Napoli” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Real” yarim himoyachisi Xames Rodrigesning neapolitanliklar safiga kelib qo'shilishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.

“Xames bir nechta poziciyada o'ynay oladi: hujum ortida yoki vinger rolida.. Men unga tug'ilgan kuni munosabati bilan xabar yo'llab, tabrikladim. Futbolchini o'z safimizga qo'shib olish uchun muzokaralar davom etmoqda, ammo bu jarayon ko'p vaqt talab etadi. Ushbu o'tish amalga oshmasa ham, biz kuchli jamoa bo'lishda davom etamiz,” - deya Anchelottining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.

Eslatib o'tamiz, Anchelotti qo'l ostida Xames “Real” va “Bavariya”da to'p tepdi. Nemis klubida Rodriges o'tgan mavsum ham o'ynadi. Ammo myunxenliklar ikki yillik ijaradan keyin futbolchining transferini sotib olishni istashmadi.

So'nggi ikki mavsumda kolumbiyalik futbolchi “Bavariya” tarkibida 67 ta uchrashuvda (barcha turnirlarda) maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Bavariya, Xames Rodrigez, Real, Napoli, Karlo Anchelotti
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.