Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Beyl «Roma»ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy egalladi


«Real Madrid» hujumchisi Garet Beyl bugun «Roma»ga qarshi Rimda bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yini uchun qaydnomaga kiritildi.

Italiya poytaxtidagi uchrashuv «Olimpiko» stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

Bu o‘yin ikkala klub uchun ham yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi o‘rtoqlik bahsi bo‘ladi. «Real» La Ligani 17 avgust kuni «Selta» maydonidagi o‘yin bilan boshlasa, «Roma» A Seriyaning ilk turida 25 avgust kuni «Jenoa»ni qabul qiladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi
«Roma» – «Real Madrid»

11 avgust. «Olimpiko», Rim.

«Roma» qaydnomasi: Lopes, Fuzato, Mirante, Jezus, Kolarov, Santon, Fatsio, Manchini, Florensi, Spinatssola, Kristante, Pellegrini, Perotti, Zanolo, Diavara, Jeko, Shik, Under, Klyuyvert, Antonuchchi, Defrel.

«Real» qaydnomasi: K. Navas, Kurtua, Fuidias, Karvaxal, Militao, Varan, Nacho, Marselo, Odriosola, Kroos, Modrich, Kazemiro, Valverde, Isko, Azar, Benzema, Beyl, Vaskes, Yovich, Vinisius.

Manba: www.hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, Garet Beyl
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.