Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidanning 3-5-2 taktikasidagi ijobiy va salbiy jihatlar


Zinedin Zidan so'nggi 2ta o'rtoqlik uchrashuvida 3-5-2 sxemasidan foydalandi.

Bunga sabab, u nafaqat yangi o'yinchilar, balki sxema borasida ham tajriba o'tkazib ko'rdi. Jamoa “Red Bull”ga qarshi g'alabaga erishilgan bahsda va “Roma” bilan o'yinning 45 daqiqasida ana shu taktika bo'yicha harakatlandi. Bu Zidanning odatiy sxemasidan yaxshiroq samara beradimi yoki yo'q — hali aniq emas. SHu sabab vaziyatdan foydalangan holda, yangi taktikaning ijobiy hamda salbiy jihatlari haqida so'z yuritmoqchimiz. Avval salbiy tomonlaridan boshlaymiz.

Markaziy himoyachilar etishmovchiligi

Yangi sxemaning asosiy muammosi — taktika 3ta markaziy himoyachi asosida qurilgan. Jamoada atigi 4ta himoyachi bor: Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho va Eder Militao. Agar 2tasi jarohat olib, diskvalifikaciya bo'lsa yoki shunchaki rotaciya tufayli safdan chiqsa, bu taktikadan foydalanishning iloji bo'lmaydi. SHu bilan birga, transfer oynasi yopilishga juda oz vaqt qoldi. Bu payt ichida klub yangi iqtidorli himoyachi topib, uni sotib olishi biroz qiyin bo'lsa kerak.

Zidanning 3-5-2 taktikasidagi ijobiy va salbiy jihatlar

Neymar va Azar birga o'ynay olmaydi

Agar klub Neymar bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, ikki yulduz bu taktikaga mos tushmaydi: braziliyalik vingerlarsiz taktikada Azarni markaziy hujumga o'tishga majbur qilishi mumkin. U erda esa boshqa bir francuz bor. Zidan esa Benzemani tarkibdan chiqarishni istamayapti.

Rodrigo va Vinisius o'rnini yo'qotadi

Agar Azar va Neymar yangi taktikada o'ynashga qiynalsa, u holda ikki braziliyalik ulardan ko'proq qiynalishi aniq: tezligi bilan mashhur Rodrigo va Vinisius maydonga tushish uchun bor kuchi bilan harakat qilishi lozim bo'ladi. Lekin shunda ham ularga joy kafolatlanmaydi. Sababi bu taktik sxemada odatda ular to'p tepadigan poziciyaning o'zi yo'q.

Zidanning 3-5-2 taktikasidagi ijobiy va salbiy jihatlar

Hamon ko'p gol o'tkazib yuborilmoqda

Uchta markaziy himoyachi bilan o'ynash ko'p tayyorgarlik hamda koordinaciyani talab etadi. Ushbu sxemadan hozirgi ximoyachilar bilan birgalikda foydalanishga bo'lgan urinishlar shuni ko'rsatdiki, jamoa hamon ko'p gol o'tkazib yubormoqda...

Biroq, 3-5-2 sxemasining bir qator ijobiy tomonlari ham mavjud.

Sxema Marseloga yordam beradi

Uch markaziy himoyachi bilan Marselo oldinga borish uchun ko'proq erkinlikka ega bo'ladi. So'nggi vaqtlarda braziliyalikning hujum qilishi ancha kuchaydi. “Roma”ga qarshi bahsda urgan goli va golli uzatmalari tufayli bunga yana bir bor guvoh bo'ldingiz.

Zidanning 3-5-2 taktikasidagi ijobiy va salbiy jihatlar

Markaziy yarim himoyachilar muhim rol o'ynashi mumkin
Agar yarim himoyachilar jamoaviy o'yin tepm nazorati borasida ko'proq erkinlikka ega bo'lsalar, u holda jamoaning “harakatlantiruvchi kuchi” yanada foydaliroq bo'ladi. Bundan tashqari, Toni Kross va Luka Modrich asosiy vazifalarni o'z zimmalariga olishini hisobga olsak, Kazemiro himoyadagi ishonchlilikni butkul taminlay oladi.

Azarning erkinligi

Zidanning muammolaridan biri — Eden Azarning istedodidan maksimal darajada foydalanish va buni bajarishni uning o'ziga qo'yib berish (hujumda unga erkinlik berib). Hozircha belgiyalik ushbu taktikada to'pga ko'p bora egalik qilmoqda.

Zidanning 3-5-2 taktikasidagi ijobiy va salbiy jihatlar

Tashabbus Zidandan chiqdi

Yangi sxema “Real” uchun ham yaxshi yangilik bo'ldi. CHunki u Zidanning taktikani o'zgartirish va rivojlantirish yo'lidagi murabbiylik salohiyatini namoyon etadi. 3-5-2 taktikasi bo'yicha o'ynash — Zizu shunchaki bor ishni davom ettirmay, jamoa muvaffaqiyatga erishishida yangi yo'llar izlayotganini, o'z ustida ishlayotganini ham bildiradi.

"CA" nashridan Nozima Zaripova tarjimasi www.hala-madrid.uz uchun maxsus!


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, Eden Azar, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.