Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Bizda 3-mavsum. Jiddiy o'zgarishlar kutib oling "Taxminchi"...


Assalomu alaykum hurmatli saytmiz foydalanuvchilari va "Real Madrid"ning ashaddiy muxlislari mana "Taxminlar" loyihamizning uchinchi mavsumini boshlashga yaqin turibmiz.

Loyihaning yangi mavsum uchun reglamentni e'tiboringizga havola etamiz

Loyihamiz nomi o'zgardi. Endilikda loyiha "Taxminchi" nomi bilan davom ettiriladi.

Diqqat: Sevimli jamoamiz ishtirokidagi barcha rasmiy uchrashuvlarda o'z tahminingizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun, Loyihamiz doirasidagi bir mavsum "Real Madrid" uchun mavsumni yakunlab beruvchi o'yniga qadar davom etadi va shundan so'ng g'oliblar taqdirlanadi.

Baholash mezoni va tahmin qoldirish

Chempionlar ligasi: Ushbu turnir mavqiyidan kelib chiqgan holda har bir topilgan aniq hisob uchun 5+ ochko, to'plar nisbati uchun 3+ ochko va g'olib nomi uchun 2+ ochko ishlab olishingiz mumkin.

La Liga va rasmiy bahslar: Ispaniya chempionati va barcha rasmiy maqomdagi uchrashuvlarda topilgan har bir aniq hisob uchun 3+ ochko, to'plar nisbati uchun 2+ ochko ishlab olasiz va g'olib nomi uchun 1+ ochko taqdim etiladi.

Tahminlar: Har bir qatnashchi faqat va faqat bir marta tahmin qoldirishi mumkin va birinchi qoldirilgan tahmin qabul qilinadi. Qolgan tahminlar esa qabul qilinmaydi va o'chirib tashlanadi.

Kim birinchi golni uradi: Qaysi jamoa futbolchisi bo'lishidan qatiy nazar! xoh "Real Madrid" xoh raqib safidan. Qaysi klub futbolchisi birinchi golni urishini topgan qatnashchi o'z hisobiga 1+ ochko jamg'arib oladi va har bir qatnashchi faqat bir futbolchi ismini yozib qoldirishi mumkin. Agar siz birdaniga bir necha futbolchini ismini yozib qoldirsangiz hech biri qabul qilinmaydi. Shu boisdan faqat va faqat bir futbolchi nomini yozib qoldirish talab qilinadi.

Qo'shimcha bal: Muxlislar talabiga binoan, uchrashuv qahramonini ham bashorat qilishingiz mumkin. Uchrashuv qahramoni kim bo'lishini topgan qatnashchi o'z hisobiga 1+ ochko ishlab oladi. Agar siz birdaniga bir necha futbolchini ismini yozib qoldirsangiz hech biri qabul qilinmaydi. Shu boisdan faqat va faqat bir futbolchi nomini yozib qoldirish talab qilinadi.

Tahmin qoldirish namuna: ( "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" 2:1. 1-gol Benzema, Uchrashuv qahramoni Beyl. ) - tahmin qavis ichidagi ko'rinishda yozilishi shart va qavsni yozish shart emas. Ko'pchilik tahmini qanday qoldiraman deb murojat qiladi, bu oddiy "Tahminlar Plus" loyihasiga oid chiqarilgan maqolaga kirasiz va namunadagi ko'rshda fikr yozib qoldirsangiz bo'lgani. Loyiha ro'yxatdan o'tmaganlar uchun yopiq.


O'rtoqlik uchrashuvlari, rasmiy bo'lmagan bahslar loyihaga kiritilmaydi.

Malumot o'rnida. Qatnashchilarni soni cheklanmagan va istagan foydalanuvchi qatnashish huquqiga ega.

Diqqat: Ketma-ket 5ta bahsni tahmin qoldirmasdan o'tkazib yuborgan qatnashchi. Loyihadan chiqarib yuboriladi.

Manba: www.hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: Tahminlar Plus, Taxminchi
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.