Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

PSJ Neymarni "Real"ga taklif qilib, evaziga futbolchi so‘radi va...


Neymar yuzasidan PSJ va "Barselona" o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bir paytda ikkinchi xaridor – "Real" Parij klubining taklifini rad etdi.

AS`ning xabar berishicha, "PSJ" mutasaddilari "Qirollik klubi"dan Neymarning evaziga Vinisius Juniorni berishni so‘ragan, lekin Madrid tomoni bu taklifga ko‘nmagan.

Ta’kidlanishicha, Fransiya chempionining yangi sport direktori braziliyalik Leonardo 19 yoshli hamyurtining muxlisi sanaladi. Vinisius o‘yinlari va mahoratidan tashqari, Neymarga mutlaqo o‘xshamagan xarakteri – intizomi va professionalligi bilan ham Leonardoning e’tiboriga tushgan.

AS`ning "PSJ"ga yaqin manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, klub Neymarni "Real"ga taklif qilib, evaziga Vinisiusni berishlarini so‘ragan, lekin bunga darhol rad javobini olishgan.

Qayd etilishicha, "Qaymoqranglilar"ning Vinisius borasidagi pozitsiyasi qat’iy – prezident Florentino Peres yosh hujumchini boshqa klubga berish masalasini mutlaqo kun tartibiga qo‘ymoqchi emas.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, "Real" tomoni Garet Beyl va Xames Rodriges bilan xayrlashishga tayyorligi bois bu ikki futbolchini Neymar transferiga jalb etishga qarshi emas.

Ammo parijliklar bu ikki futbolchidan ko‘ra "Barselona"dan Nelson Semedu, Ivan Rakitich va Usmon Dembeleni olishni afzal, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius ham Neymar kabi "Flamengo" akademiyasidan chiqqan. U 27 yoshli hamyurtini o‘zining kumirlaridan biri deb biladi. Bir kun kelib, u bilan jamoadosh bo‘lish istagida ekanini ham aytgan.

PSJ Neymarni "Real"ga taklif qilib, evaziga futbolchi so‘radi va...

Manba: www.as.com


Muallif: El Capitano |
Teg: Vinisius Junior, Real Madrid, Neymar, PSJ
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.