Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Manba. "Real" Pogbani xarid qilmasa Zidan jamoadan ketadi


El Pais nashri jurnalisti Diyego Torres "Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning ketishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma’lumotni tarqatdi.

"Pogbaning transferi amalga oshmasligi Zidanning iste’fosiga sabab bo‘ladi. U Polga "Real Madrid"ga o‘tishini shaxsan va’da qilgan, transfer amalga oshmasa vaziyat yomonlashishi mumkin. Bu vaziyat Zidan va Peres o‘rtasidagi ishonchsizlikni oshiradi. Zidanning asosiy transfer maqsadi bu Pogba.

Zidan "Qirollik klubi"ga Florentino uchun qalqon sifatida qaytgandi, ammo u endi o‘zining siyosiy va ijtimoiy missiyasini o‘tab bo‘lgan ko‘rinadi", — deya Torresning so‘zlarini keltirmoqda The Independent.


Zidan "Real Madrid"ni 2016 yildan 2018 yilgacha boshqargan va bu davr mobaynida jamoa bilan uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, uchinchi chempionlikdan keyin esa iste’foga chiqqandi. Shu yilning martida fransuz mutaxassis jamoaga qaytarildi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Pol Pogba, Manchester Yunayted
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.