Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ramos: "Meni maqsadim, terma jamoa safida 200 ta uchrashuv o‘tkazish"


Serxio Ramos uzoq yillar davomida futbol o‘ynashiga sha’ma qildi.

Ispaniya terma jamoasi va "Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniyaning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas rekordini takrorlagani borasida fikrlarini bildirdi.

"Rekordlar nima uchun amal qiladi? Ularni yangilash va zabt etish uchun qayd etiladi. Umid qilaman ko‘proq o‘yinlarda maydonga tushaman va jarohatlar menga halaqit bermaydi.

Menda barchasi joyida va men sabrsizlik bilan terma jamoadan chaqiruvni kutaman. Mening maqsadim, terma jamoa safida 200 ta uchrashuv o‘tkazish.

Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Yildan yilga men futboldan zavq olishim kuchaymoqda. Avvaliga, terma jamoada o‘ynashni istadim, keyinchalik jamoa bilan birgalikda chempion bo‘ldim. Ba’zi insonlar meni terma jamoaga chaqirilmasligimni ham xohlashmoqda, ammo hali ko‘p yillar futbol o‘ynamoqchiman.

Men ishtiyoqimni saqlab qolaman va jamoa g‘alabalariga katta hissa qo‘sha olaman," - dedi Ramos.


Manba: www.sport.es


Muallif: El Capitano |
Teg: Serxio Ramos, Ispaniya
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Nacho Fernandes | "Valyadolid"ga qarshi kechgan bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi, u kiritgan yagona gol yakunda jamoaga g'alaba keltirdi.