Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ramos van Deykning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi ehtimoli haqida gapirdi


"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Liverpul"ning niderlandiyalik futbolchisi Virjiyl van Deykning «Oltin to‘p»ga da’vogarligi haqida gapirdi.

"Agar van Deyk "Oltin to‘p"ni yutsa, demak, u bunga loyiq.

Himoyachilarga ushbu mukofotni qo‘lga kiritish qiyinroq. Ammo endilikda "Oltin to‘p"ga faqat Ronaldu va Messi da’vogarlik qilmayapti. Boshqalar ham imkoniyatga ega", – deb Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca nashri.


Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli van Deyk UEFA tomonidan 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Shuningdek, niderlandiyalik futbolchi Chempionlar Ligasining o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi himoyachisi deb topildi.

Manba: www.tribuna.com


Muallif: El Capitano
|
Teg: Serxio Ramos, Virjil van Deyk
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.