Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real Madrid" uchun murakkab sentyabr oyi


"Real Madrid" La Liga sartini yomon boshlaganidan so'ng, Zidan jamoasini sentyabr oyida juda yoqimsiz o'yinlar kutmoqda.

"Qirollik klubi" uchun prinsipial raqiblar hisoblangan "Sevilya" va "Atletiko"ga qarshi mehmondagi uchrashuvlar kutmoqda.

"Real Madrid" futbolchilari terma jamaolardan qaytganidan so'ng "Real"ni sentyabr oyida qiyin raqiblarga qarshi mehmondagi uchrashuvlar kutib turubdi. Sentyabr oyida allaqachon jamoa mehmonda "Villarreal"dan 1 ochko tortib oldi. Xa, haqiqatda 1 ochkoni tortib oldi. Endilikda jamoa 22-sentyabr kuni sobiq "Real Madrid" ustozi Xulen Lopetegi boshqaruvidagi "Sevilya"ga qarshi baxs o'tkazadi. So'nggi bor "Real Madrid" "Sanches Pisxuan"da 2014/15-yilgi mavsumda (3:2) hisobida zafar quchdi. Shundan so'ng klub bu stadionda ketma-ket 4 ta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

"Real Madrid" uchun murakkab sentyabr oyi

"Vanda Metropolitano"dagi so'nggi uchrashuvni eslaydigan bo'lsak, "Madrid" bu yerda so'nggi yillardagi eng ishonchli g'alabalardan birini qo'lga kiritgan edi (3:1). Hozirgi "Atletiko"ning turnir jadvalidagi xolati qanday darajada ekanligini ko'rsatib turubdi. Agarda bu o'yinda jamoa mag'lub bo'lsa La Ligada jiddiy muammoga duch kelishi mumkin.

18-sentyabr kuni "Qirollik klubi" Parijda Chempionlar Ligasi doirasida "PSJ" mehmoni bo'ladi. Guruh peshqadamligi uchun kechadigan baxs ko'p narsani mana shu o'yinda hal etib bersa ne ajab. Ko'rib turganingizdek Zizu jamoasini sentyabr oyida mehmonda uchta murakkab o'yin kutib turubdi.

Manba: www.realmadrid.com


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, Sevilya, Atletiko, Sentyabr
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Levante"ga qarshi bahsda 2 ta gol urdi va uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi. SHu sabab Benzemani hafta o'yinchisi deb topdik.