Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Ramos Kasilyasni ortda qoldirdi. Endi navbat Buffonga


Ispaniya terma jamoasi sardori Serxio Ramos bugun Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.

E’tiborlisi, bu uchrashuv 32 yoshli futbolchi uchun “qizil furiya” safidagi 168-o‘yin bo‘ldi va u shu tariqa Ispaniya terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Iker Kasilyasdan (167) o‘zib ketdi va yaqqol rekordchiga aylanib oldi.

Ta’kidlash kerakki, Ramosda shuningdek Evropa terma jamoalari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchiga aylanib olish imkoniyati hammavjud.

Ushbu rekord ayni damda Janluiji Buffonga tegishli. Uning hisobida 176 ta o‘yin bor.

Manba: www.sports.uz


Muallif: Zuhriddin |
Teg: Serxio Ramos, Iker Kasilyas, Janluiji Buffon
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Granada"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin ko'rsatdi va o'z hisobiga golli uzatma yozdirib qo'ydi. U eng yuqori (7.9) bal to'plab hafta futbolchisi deb topildi.