Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: "Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik, ammo..."


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga 15-turida "Alaves" ustidan zafar quchganidan keyin (2:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Uchrashuvni juda yaxshi boshladik, ammo bu stadionda biz uddalagandek oxirgacha kurashish kerak. Jiddiy aytganda, bu juda muhim natija, qoniqish hosil qildim. Kurashishdan va futbol o'ynashdan to'xtamadik.

– Nima uchun darvozada Areola o'ynadi?
– Bu mening qarorim. U jamoaning bir qismi, mashg'ulotlarda yaxshi shug'ullanmoqda. U Kurtuadek bizni bir necha marotaba qutqarib qoldi. SHunchaki uning navbati kelgandi.

– Ob-havo va maydon holati haqida...
– Oldindan malum bo'lganidek, "Eybar" stadioniga o'xshagan kichik maydon. Yomg'ir yog'gan paytda, suv ko'p bo'ladi va to'p tepish qiyinlashadi. Ammo, maydon o'yin uchun maqul bo'lsa, u holda chiqish va o'ynash kerak.

– Tarkibdagi o'zgarishlardan ko'nglingiz to'ldimi?
– Ha. Mavsum uzun va biz faqat La Ligada o'ynamaymiz. Men har bir futbolchi jamoaning natijalariga hissa qo'shishi uchun imkon berishim kerak, – deydi Zidan.


Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: La Liga, Real Madrid, Alaves, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Federiko Valverde | "Espanyol"ga qarshi bahsda jamoaning gollaridan biriga asistintlik qildi va yakunda uchrashuvning eng yaxshisi deb topildi.