Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


Ertaga tunda "Real Madrid" Ispaniya Superkubogi uchun hal qiluvchi bellashuvda "Atletiko Madrid" bilan bellashadi.

Madridning "Real" klubi va Garet Beyl atrofida turli gap-so'zlar bo'lganidan xabaringiz bor. Lekin so'nggi vaqtlarda vaziyat biroz yumshagandek tasavvur uyg'otmoqda.

Uelslik o'sha o'tgan yilningnoyabr oyidagi bayroq bilan bog'liq vaziyat "Uels, Golf, Madrid"dan keyin jamoadoshlari tomonidan yanada kuchliroq qo'llab-quvvatlanmoqda.Jamoa chinakamiga bir butun bo'lib, har bir futbolchi sherigini ham maydonda, ham uning tashqarisida qo'llamoqda.
"Real" Superkubokka Beyl o'rniga golf klyushkasini olib ketgan

Endi Jidda shahriga ham Beyl kela olmagan bo'lsada, jamoaning yuklari bilan birga golf klyushkasi ham olib kelindi.

Beyl xabaringiz bo'lsa kerak, Saudiya Arabistoniga sog'lig'i bilan bog'liq muammo tufayli kela olmadi. Jamoadoshlari esa xazil tariqasida uning o'rniga o'zlari bilan klyushkani olibketishdi.

Eslatib o'tamiz, "Madrid" futbolchilari rojdestvo bayramida ham bir-birlariga sovg'a berishgan va o'shanda Garetga golf klyushkasi, Ferlan Mendiga g'isht, Vinisius Juniorga esa yumshoq o'yinchoq nasib qilgandi.

Manba: www.championat.asia




Muallif: Zuhriddin |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.