Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Bavariya" Ashraf Xakimini sotib ololmaydi. Chunki...


Mavsumni “Borussiya” Dortmund safida ijarada o‘tkazayotgan “Real” himoyachisi Ashraf Xakimi “Bavariya”ga o‘tmaydi.

Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri xabar bermoqda, manbaaga ko‘ra myunxenliklar 21 yoshli marokashlik futbolchining transferi masalasida taklif bilan chiqishgan. Biroq, ularda Ashrafni sotib olish imkoni deyarli yo‘q. Chunki, “Real” Xakimining ijara muddati yakunlanishi bilan, ya’ni yozda uni ortga qaytarmoqchi.

Ma’lumot uchun, Xakimi joriy mavsum Bundesligada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: www.sport.es


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Ashraf Xakimi, Bavariya
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.