Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama


"Real Madrid" futbolchilar agarda Chempionlar Ligasi va Ispaniya chempionatida zafar quchsa qo'shimcha mukofot pullari bilan taqdirlanishlari mumkin.

Madridliklar prezidenti Florentino Peres futbolchilarga CHLda zafar quchsa 40 mln yevro mukofot puli va'da qildi. Jamoa allaqachon hozirning o'zida UEFAdan yarimfinalgacha yetib kelgani uchun 30 mln yevro pul ishlab oldi. 12,7 mln yevro guruh bosqichida ishtirok etgani uchun, 1,5 mln - guruhda qo'lga kiritgan har bitta g'alabasi uchun, 500 ming yevro har bir durang uchun, 6 mln - 1/8 finaldagi g'alabasi uchun, 6,5 mln yevro - yarimfinalga yetib kelgani uchun va agarda jamoa finalga yo'l olsa 7,5 mln yevro ishlab oladi.

Turnir g'olibi 15 mln yevro, finalchi esa 11 mln yevro miqdorda UEFAdan mukofo puli oladi. Shuningdek, 20 mln yevroni jamoa teletranslatsiya orqali olishi ham mumkin. Umumiy hisobda turnir g'olibiga jami 75 mln yevro taqdim etiladi.

Agarda "Madrid" ikkala turnirda ham g'alaba qozonadigan bo'lsa 36 mln yevro, 24 ta futbolchiga (1,5 mlndan taqsimlab beriladi), 2 mln yevro esa bosh murabbiy Zinedin Zidanga berladi. Qolgan 2 mln esa murabbiylar shtabi, akademiyadan qaydnomaga kiritilga futbolchilarga taqsimlanadi.

Ma'lumot uchun: So'nggi bor "Real" oltin dublga 1957/58-yillarda erishgan edi.

Manba: www.merengues.ru




Muallif: El Capitano |
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.