Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Barselona" o'z futbolchilariga "Real"dan ko'ra ko'proq maosh to'lamoqda


Ispaniya LaLigasi klub yuqori ligasi vakillari o'z futbolchilari va ishchilariga to'laydigan maosh haqida malumot berdi.

"Barselona" ushbu ro'yxatda 1-o'rinni egalladi. Kataloniyaliklar 1 yilda o'z ishchilariga 656,43 mln evro maosh to'laydi. Ikkinchi o'rinda esa "Real Madrid". "Qirollik klubi" Kataloniya klubidan 15 mln evro kamroq natija qayd etdi - 641,05 mln evro.

Uchinchi o'rinda esa "Atletiko" (348,5 mln evro) etirof etilgan. Kuchli beshlikka "Sevilya" (185,16 mln) va "Valensiya" (177,11 mln) kabi klublar ham kirgan.

Ro'yxatdagi eng past natija "Malorka"ga tegishli - 33,53 mln evro.

Ushbu ro'yxatda klublarning foydalari nisbatiga beriladigan maoshi ham ko'rsatilgan. SHuningdek, klublarning ayollar, futzal, basketbol hamda boshqa ligalarida o'ynaydigan futbolchilari ham reytingga tasirini o'tkazgan.

"Barselona"ning natijasi o'tgan yilning sentyabriga ko'ra solishtirilganida 671,42 mlndan 656,43 mlngacha tushgan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Barselona
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.