Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Kutilmagan xabar. "Real" Martines uchun 111 mln evro to‘lashga tayyor


"RealMadrid" Milanning "Inter" klubi forvardi Lautaro Martines uchun kurashga qo‘shildi.

TyC Sports nashri xabar berishicha, "Qirollik klubi" 22 yoshli argentinalik futbolchini shartnomasida belgilangan 111 mln evrolik tovon puli evaziga bo‘lsa ham sotib olishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, unga "Real Madrid"ning ashaddiy raqibi "Barselona" ham jiddiy xaridor bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsum "Inter" safida 28 ta o‘yinda maydonga tushdi va 16 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Manba: www.sports.es


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Inter, Lautaro Martines
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.