Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


Ijara asosida "Malyorka" klubi sharafini himoya qilayotgan "Qirollik klubi"ning Yaponiyalik umidli yosh futbolchisi Takefusa Kubo Ispaniyaning "AS" nashriga intervyu berdi.

"Santeyago Bernabeu"dagi kechikkan debyut. Takefusa Kubodan to'liq intervyu

Takefusa Kubo — 2001 yilning 4-iyunida Yaponiyaning Kavasaki shahrida tavallud topgan. Kubo 7 yoshligidanoq futbol bilan shug'ullanishni boshlaydi. 11 yoshga to'lganida esa "Barselona" futbol akademiyasiga taklif qilinadi. Kubo 2015 yilgacha, "Barselona"ning 18 yoshga to'lmagan o'yinchilarni transfer qilish bo'yicha FIFA qoidalarini buzgani ma'lum bo‘lguniga qadar katalon klubi akademiyasida to'p suradi. Shundan so'ng u Ispaniyani tark etib, vataniga qaytadi va "Tokio" klubi bilan yarim professional shartnoma imzolaydi.

2019 yilning 14 iyunida esa Madridning "Real" klubi Takefusa Kubo bilan shartnoma imzolaganini e'lon qiladi. Madrid klubi rahbariyati Kuboning muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun uni "Malyorka"ga ijaraga berishga qaror qiladi. Uning iqtidoriga yuqori baho berilib, hatto uni "yapon Messisi" ham deb atashadi.

Agar koronavirus pandemiyasi bo'lmaganida Takefusa Kubo "Malyorka" safida "Santyago Bernabeu"da o'zining klubi "Real Madrid"ga qarshi 12-aprel kuni o'ynagan bo'lardi. Bu, albatta, Kubo uchun muhim ahamiyat kasb etardi.

Kubo "AS" - nashriga intervyuchog'ida, karantinda vaqtni qanday o'tkazayotgani, shuningdek ijara asosidagi faoliyati va "Real Madrid" bilan shartnomaning ba'zi tafsilotlari haqida ma'lumot berib o'tdi.

"Real Madrid" – "Malyorka" uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak edi, bu sizning "Santyago Bernabeu" dagi birinchi uchrashuvingiz bo'lardi. Ushbu o'yin siz uchun alohida ahamiyatga ega edmi?

— Rostini aytadigan bo'lsam, bu uchrashuvda judayam o'ynashni xohlagandim. Men uchun barcha uchrashuvlar juda muhim, biroq bu alohida ahamiyatga ega uchrashuv edi.


"Bernabeu" sizda qanday hislarni uyg'otadi?

— Men avval u yerda hech qachon o'ynamaganman, lekin judayam xohlayman. Chigalyozdi mashqlari uchun chiqqaningizda tribunalarda 85 000 kishini ko'rasiz, bu insonga o'zgacha bir motivasiya bag'ishlaydi. U yerda shunchaki, yomon o'ynashning iloji yo'q.


"Santeyago Bernabeu"dagi kechikkan debyut. Takefusa Kubodan to'liq intervyu

Futbolga qaytishni xohlayapsizmi?

— Ayni paytda men imkon qadar tezroq odatiy turmush tarziga qaytish haqida o‘ylayapman. Hozir eng muhimi – insonlar salomatligi.


Karantinni qanday o'tkazyapsiz?

— Unchalik ham yaxshi emas, chunki men ham, boshqa futbolchilar singari, futbol uchun yashayman. Bu bizning asosiy vazifamiz. Afsuski, pandemiya tufayli uyda o'tiribmiz. Shunga qaramay, klub bizga yuklamalar berib turibdi, biz formamizni saqlab qolish uchun ularni uyda bajaryapmiz.


Hozirgi sharoitda kun tartibingiz qanday?

— Ertalab soat 08:30 da uyqudan uyg'onaman va yurak urish tezligini aniqlash uchun klubimiz tomonidan yuborilgan uch daqiqalik testni bajaraman. So'ngra nonushta qilaman. Soat 10:00 da esa mashg'ulotlardan oldingi yengil mashqlarni bajaraman. Soat 11:00 da biz 4-5 kishidan iborat kichik guruhlarda jamoaviy mashg'ulotlarni boshlaymiz, murabbiylar esa bizni videoqo'ng'iroq orqali boshqarib turadi. Soat 12:15 da mashg'ulotlarni tugatamiz, lekin men biroz ko'proq individual mashqlarni bajaraman, keyin dush qabul qilaman va 13:30 da tushlik qilaman. Soat 15:30 dan 16:00 gacha bo'sh vaqtim, unda asosan televizion ko'rsatuvlarni tomosha qilaman yoki kitob mutolaa qilaman. Shundan so'ng yana mashg'ulotlarni boshlayman, birinchi navbatda to'p bilan ishlayman. 18:00 da dush qilib, kechki ovqatga o'tiraman. Odatda 23:00 larda uxlashga yotaman.


"Santeyago Bernabeu"dagi kechikkan debyut. Takefusa Kubodan to'liq intervyu

Bir yil orqaga qaytsak. Madridliklarning sizga jiddiy qiziqish bildirganini qachon bildingiz?

— Biz turli klublardan qiziqishlar borligini bilardik, ammo na men, na oilam, va na agentim bu haqida bilardik, chunki o'sha paytda menga sanksiyalar e'lon qilingandi. 4 iyun kuni 18 yoshga to'lganimda, "Real Madrid" vakillari Yaponiyaga kelish istagi borligini bildirdi. Ular meni ko'rishga kelgandi, bu juda yoqimli holat.


Florentino Peres bilan tanishganingizda nimani his qildingiz?

— Avvaliga menda o'zgacha taassurotlar paydo bo'lgandi, ammo keyin Madridda meni darhol oila a'zolaridan biri sifatida qabul qilishdi. Aynan mana shu jihatni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi.


"Santeyago Bernabeu"dagi kechikkan debyut. Takefusa Kubodan to'liq intervyu

Bolaligingizda "Barselona"da o'ynagansiz. Hozirda o'zingizni haqiqiy "Madridlik" deb hisoblaysizmi?

— Birinchi navbatda, "Barselona" va boshqa jamoalar shu qatorda menga sanksiyalar qo'llanilgandan paytda qabul qilgan "Tokio" klubiga, yarim mavsum o'tkazgan "Yokogama Marinos"ga va hozir o'ynayot jamoam "Malyorka"ga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Shuningdek, barcha futbolchilar, murabbiylar va meni tarbiyalagan va shu darajaga yetishimga sababchi bo'lgan insonlarga rahmat deyman. 18 yoshga to'lganimda menda jamoa tanlash imkoniyati tug'ildi. Va men "Real Madrid"ni ma'qul ko'rdim. Men ulardan minnatdorman va hozir bemalol madridlikman deb ayta olaman.


Messi siz uchun namuna bo'lgan. U bilan tanishishga ulgurgandingizmi?

— Men uni shaxsan tanimayman, ammo u allaqachon futbolchi bo'lgan yoki bo'lishni istagan ko'plab yoshlar uchun namuna hisoblanadi. Bolaligimda uning o'yinidan olingan videotasvirlarini ko'rardim. U – yetuk futbolchi. Uning faoliyati men va men kabi chapaqay hamda past bo'yli futbolchilar uchun qo'llanma bo'lib xizmat qiladi, ularning o'yin uslubi – dribling va to'pni yaxshi ushlab turish. Messida esa bu fazilatlar yuqori darajada.


Madrid bilan mavsumoldi mashg'ulotlar nimasi bilan yodda qolgandi?

— Avvaliga atrofimda dunyoning mashhur o'yinchilari bo'lishidan xavotirda edim. Ammo asta-sekin moslasha boshladim, klubdagi hamma meni yaxshi qabul qildi, ulardan ko'p narsalarni o'rganishga muvaffaq bo'ldim.


Mavsum oldidan tashkillashtirilgan turnirdagi ishtirokingiz ko'pchilikni hayratga soldi. Bu haqida jamoadoshlaringiz va Zinedin Zidan qanday fikrda?

— Imkon qadar tezroq moslashishimga ko'pchilik yordam berdi. Barcha jamoadoshlarim menga yaxshi munosabatda bo'ldi. Shu jumladan murabbiylar shtabi ham. Kichik detallargacha e'tibor beradigan Zinedin Zidan bir nechta savollar berdi.


Nima deb o'ylaysiz, siz uchun "Real"da joy bormi?

— Hammasi o'zimga bog'liq, ishonamanki, "Real Madrid"da o'rnimni topaman. Ayni damda "Malyorka"da o'zimni yaxshi tomondan namoyon etishim va "Real Madrid"da o'ynashim mumkinligini isbotlashim kerak.


"Santeyago Bernabeu"dagi kechikkan debyut. Takefusa Kubodan to'liq intervyu

Siz bunga tayyormisiz?

— "Real Madrid" boshqa klublarga o'xshamaydi. Barcha futbolchilar yuqori darajadagi o'yinchilar, shu bois asosiy tarkibdan joy olish oson emas. Ammo ishlashda davom etaman va o'z imkoniyatimni kutaman. Vaziyat tug'ilishi bilan undan foydalanaman.


Nega "Kastilya" yoki boshqa biror klub emas, aynan "Malyorka"da o'ynay boshladingiz?

— Mavsumoldi o'quv-yig'in mashg'ulotlarida yuqori saviyadagi o'yinchilar bilan birga shug'ullanish va ularga qarshi ham o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldim. O'sha paytda kutganimdan ham ko'proq narsa qilishga muvaffaq bo'ldim. "Malyorka" menga jiddiy qiziqish bildirdi va menga ishondi. "Kastilya"da ham Raul menga juda yaxshi munosabatda bo'lgan, u yerdagi hamma narsa menga juda yoqardi, lekin "Malyorka"dan taklif olgach, uni rad etishni xohlamadim.


Nimalarni o'rgandingiz?

— Juda ko'p narsalarni o'rgandim. Asosan o'yinlardan katta tajriba orttirayapman. Men hujum va himoyada qanday o'ynash kerakligini o'rganyapman. Umid qilamanki, shu ruhda davom etaman.


Ko'proq qaysi pozisiyada o'ynashni ma'qul ko'rasiz?

— Hammasi jamoaning o'yiniga bog'liq, masalan, "Malyorka"da deyarli har doim o'ng qanotda o'ynayman. Aslida esa maydon markazida o'zimni juda yaxshi his qilaman. U yerda to'pni chiziqlar oralig'ida olishim, driblingni o'sha yerdan boshlashim, to'p uzatib berishim va zarbalar berishim mumkin. Asosiy ustunligim – to'pni chiziqlar oralig'ida qabul qilib, hujumlarni boshlab berish. Biroq o'ng qanotda ham o'zimni juda qulay his qilyapman.


Kelasi yili nima qilishingiz borasida bir qarorga keldingizmi?

— Hozircha yo'q. Mavsum tiklanadimi, yo'qmi bilmayman. O'ynalmagan 11 ta bahs turibdi, qaror chiqarish uchun bir necha oy bor. Mening maqsadim aniq – "Bernabeu"da "Real Madrid" libosida to'p surish. Aynan shuning uchun hozir harakat qilyapman.


Orzularingiz qanday?

— Yetuk futbolchi bo'lishni, "Real Madrid" hamda Yaponiya terma jamoasi bilan katta natijalarga erishishni orzu qilaman.


"Real Madrid" muxlislariga nima degan bo'lardingiz?

— Birinchi navbatda, koronavirus bilan kasallangan barcha oilalarni qo'llab-quvvatlagan bo'lardim. "Real Madrid" muxlislariga aytishim mumkinki, "Santyago Bernabeu"dagi birinchi o'yinimni sabrsizlik bilan kutyapman, buni "Real Madrid" libosida amalga oshirishni xohlagan bo'lardim. Bunga erishish uchun bor imkoniyatimni sarflayman.


Manba: www.as.com




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.