“Bu yerga kelishdan oldin Arteta bilan gaplashgandim. U top murabbiy, menga uning g'oyalari, futbolni ko'ra olish qobiliyati yoqdi. Har safar yangi joyga borayotganingda, u erda barchasi yaxshiligi va o'ylangan reja borligiga ishonch hosil qilish kerak.
“Arsenal”ni yoqtiraman. Ular o'ynaydigan uslub doimo menga maqul kelgan. O'ylashimcha, aynan shu klub haqiqatan ham menga mos keladi”, - deydi Edegor matbuot anjumanida.
Norvegiyalik joriy mavsum La Ligada 7 bahsda qatnashib, jami 233 daqiqani maydonda o'tkazdi. SHuningdek, u ECHLda 2 ta uchrashuvda harakat qildi.
Manba: CA

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.