Edegor: "Arteta menga ishondi - bu juda muhim"


"Real" yarim himoyachisi Martin Edegor Madrid klubidan "Arsenal"ga ijara asosida o'tishida "to'pchilar" bosh murabbiyi Mikel Artetaninig tasiri haqida gapirdi.

"Albatta, "Arsenal"ga o'tishimdan oldin Arteta bilan gaplashdim. U ajoyib murabbiy, menga uning g'oyalari va futbolni qanday ko'rishi yoqadi. Mikel menga ishondi - bu juda muhim.

Har safar boshqa klubga o'tayotganingizda sizdan nimani kutishayotgani va qanday rejalar borligini bilish muhim. Bu erda bu bilan hammasi yaxshi.

Menga klub, "Arsenal"ning qanday o'ynashni xohlayotgani yoqadi. Men to'g'ri qaror qabul qildim deb o'ylayman", - deydi Edegor.

Manba: www.championat.asia


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Kommentlar 1

Akbarali
Akbarali от 26 февраля 2021 18:14
567890

Омад Эдегорга
Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.