Zidan: "Real"dagilar meni qo'llab-quvvatlamoqda. Barchamiz bir qayiqdamiz"


"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klubdagi holati haqida gapirdi.

- Bir marta bo'lsa ham "Real"dagi holatingiz so'roq ostida qolganmi?
- Yo'q, barchamiz bir qayiqdamiz. "Real"dagilar meni qo'llab-quvvatlayapti.

Biz uch-to'rt hafta oldingi to'g'ri yo'lga tushib olishimiz kerak. Muammolarga duch kelganimizda uni mardlarga qabul qilib olishimiz kerak. Jamoamiz ajoyib, ular bu erda ko'p narsalar yutishgan. CHin yurakdan mehnat qilishimizga hech kim to'sqinlik qila olmaydi.

- "Real"da kelasi mavsumda ham murabbiy bo'lib qolishni istaysizmi? Bunda o'zingizdagi kuch etarlimi?

- Mana bu savol (kuladi).Siz shu uchun shu erdasiz. Menga "kundan kunga" formati orqali harakatlanish qiziqroq. Men navbatdagi o'yinlar haqida emas, ertangi bahs borasida o'ylayman.

Manba: CA


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.