Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Sayt rivoji uchun bu yerga >> [bosing]

Kroos: Ketma-ket 3 marta yutsak zo'r bo'lardi


"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos "Bavariya"ga qarshi uchrashuvdan oldin press-konferensiyada ishtirok etdi.

Raqib haqida

"Bizni yarim finalda kuchli raqib kutmoda, buni ketyapman. "Bavariya" hozirda yaxsho formada, boshqa hech nima deyish kerak emas. Ular ichki chempionatni yutishdi, lekin bu bosimni kamaytirmaydi. Ular oldingi mavsumda chorak finalda chiqib ketishdi, lekin hozir ular finalga chiqishga harakat qilib ko'rishadi"

Oldingi "Bavariya" va hozirgi "Bavariya" ning farqi

"Hozirda ular o'tgan mavsumgidan yaxshi formada. Men "Bavariya" juda kuchliligini sezyapman. Haynkes qo'l ostida ular yanada kuchaydi, lekin biz bu yerga shunchaki kelmadik"

Haynkes haqida

"U hohlagan top-klubni boshqarsa o'sha jamoani muhitini yaxshilay oladi. Men faoliyatim davomida shuni tushundim, asosiysi muhit ekan. Murabbiy bilan muloqat, o'tgan mavsumda "Bavariya" shuni qila olishmagandi, hozir esa ....

Serxio Ramos haqida

"Ramos - ajoyib futbolchi. U biz uchun muhum futbolchi, biz ertaga "Yuventus" bilan bo'lgan ohirgi o'yindan farqli ravishda harakat qilamiz. O'shanda bizda golli vaziyat bo'lgandi, biz yarim finalga chiqdik. Ertaga Ramos biz bilan bo'ladi"

G'alabaga intilish

"Xech qanday gap so'zsiz biz g'alaba qozonishni hohlaymiz. Bu bizga ohirgi umid sovrin olish uchun. Ikki yil oldin biz sensatsiya qilgan edik. Biz uchinchi marta g'alaba qozonsak yaxshi bo'lardi. Biz yarim finaldamiz va yana oldinga ketishga harakat qilamiz. Oldin "PSJ", "Yuventus". Bu shunchaki oddiy yo'l emas"

"Bavariya" va "Madrid" haqida

"Ularni solishtirish qiyin, ular chempionlik uchun kurashishadi. Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan klub yevropa tengsiz bo'lish imkonini beradi. So'zsiz "Bavariya" bunga qattiq intiladi. Faqatgina Ispaniya futbolga nisbatan ko'proq ishtiyoqi, agar his-tuyg'ularni ifodalash haqida gapiradigan bo'lsak: ijobiy va salbiy"

"Bavariya" futbolchilar haqida

"Men ulardagi futbolchilarni yaxshi bilaman. Ularda hamma pozitsiyada yaxshi futbolchilar bor. Men aynan qaysi biri yetakchiligini ayta olmayman, hozirgi tarkib oldingidan kuchli. Bu bizni qo'rqitmaydi, biz o'z o'yinimizni namoyish etamiz"

Muvoffaqiyatning siri haqida


"Chempionlar ligasini sotib olib bo'lmaydi, aks hozfa biz shuncha marta chempion bo'la olmasdik. Biz uchin bu turnir boshqacha, futbolchilar bumda yuqori darajada harakat qilishadi. Agar jamoada bunday tajribaga ega bo'lgan ko'plab futbolchilar bo'lsa, unda qiyin vaziyatlarda siz qanday qilib harakat qilishni tushunasiz va xotirjamlikni yo'qotmaysiz. Aynan shu narsa bizni uzoqqa borishimizga yordam beryapdi"


Hala-Madrid.Uz


Muallif: Abdurasul

Teg: Kroos, Real Madrid, Bavariya, Chempionlar ligasi
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.