Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
» 7info.UZ — Сараланган Янгиликлар
# Reklama joyi bo'sh!

Haynkes: "Real" ga necha marta yutqazganimiz ahamiyatsiz


«Bavariya» bosh murabbiyi Yupp Xaynkes Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo‘ladigan javob bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hakamlar haqida

Umid qilaman, hakam o‘yinni xolis va baxato boshqaradi. O‘yin taqdirini hakamlar emas, futbolchilar hal qilishidan umidvorman

«Real»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yinlar seriyasi haqida

«Madrid»ga qarshi o‘yinlarda necha marta mag‘lubiyatga uchraganimiz ahamiyatga ega emas, sababi men bungacha «Bavariya» bosh murabbiyi emasdim. Ertaga boshqa o‘yin bo‘ladi. Qolgani muhim emas. Bu biz uchun qiyin o‘yin bo‘ladi, shuningdek, «Real»ga ham. Uchrashuv muhiti qaynoq bo‘ladi, ammo futbolchilarim katta tajribaga ega. Biz amaldagi chempionga qarshi o‘ynaymiz, shu bois, remontadani amalga oshirish yanada qiyinroq bo‘ladi. Ular muhim o‘yinlarda yaxshi o‘ynashga ko‘nikishgan, ammo biz murakkab raqib bo‘lamiz. Sababi, biz shunday o‘yinlarda ulg‘ayamiz. Finalga chiqishni istaymiz. Futbolda tog‘ni qayirish mumkin. Biz buni amalga oshirishga harakat qilamiz"


Muhim vaziyat haqida

"Birinchi o‘yinga nisbatan samaraliroq harakat qilishimiz kerak edi. Myunxendagi o‘yinda ular 3ta vaziyat yaratib, ikkita gol urishdi. Mavsum davomida ko‘plab gollar uryapmiz. Shu tomonlama biz ajralib turibmiz. Bu hammasidan muhimroq"


Qo‘rquv haqida

O‘z jamoamga ishonaman. Balansni topishimiz va har bir vaziyatda nima qilish kerakligini bilish uchun xotirjamlikni saqlashimiz lozim"


Penaltilar seriyasi haqida

"Buni ham mashq qilishimiz kerak, lekin o‘yinda senga ko‘p narsalar ta’sir ko‘rsatadi: bosim, muhit, asablar... Lekin 2012 yildagi kabi voqea sodir bo‘lsa, bu men uchun ahamiyatga ega bo‘lmaydi"


«Real» va Chempionlar ligasi

"Ular Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga ko‘nikishgan. Buning uchun katta mahorat va yaxshi tarkibga ega bo‘lish kerak. Bundan tashqari, ba’zi vaziyatlarda va hakamlar borasida omad ham kulib boqish kerak"


manba: vk.com/bayern


Muallif: Abdurasul

Teg: Haynkes, Chempionlar Ligasi, Real Madrid, Bavariya
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Atletiko"ga qarshi bahsda eng yuqori (7.8) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi.