Saloh “Real” yoki “Barselona”ga o'tish ehtimoli haqida: “Bu menga bog'liq emas”


Mersisaydliklar forvardi Muhammad Saloh La Liga grandlariga transfer bo'lishi mumkinligiga munosabat bildirdi.

- Keling, “Real” va “Barselona” haqida gaplashamiz. Qiziq, ushbu klublardan birida o'ynashni xohlarmidingiz?

- “Real” va “Barselona” – top klublardir. Kelajakda nima bo'lishini esa hech qachon bilmaysiz, ammo hozir “Liverpul” bilan yana APL va CHempionlar Ligasida g'olib chiqishga intilaman.

- “Liverpul”da qancha vaqt o'ynashni rejalashtirmoqdasiz?

- Hammasi klub qo'lida, deb aytolaman. Albatta, bu erda barcha rekordlarni yangilash istagidaman, ammo hammasi “Liverpul”ga bog'liq”, - deydi Saloh.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.