La Liga. Antuan Grizmann va yana 9 hujumchi Ramosdan kam gol kiritgan


"Qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos yakunlangan mavsumda La Liganing 34-chempionligini qo'lga kiritishda jamoaga yordam beribgina qolmay, 2019/20 mavsumidagi o'z hisobiga 11ta gol ham yozdirib qo'yganidi.

34 yoshli futbolchi himoyachi bo'lishga qaramasdan o'zigaxos gollar urishi bilan mashhur, ammo bu mavsumda u hatto liganing eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi desak mubollag'a bo'lmaydi.

Ramos ushbu mavsumda 35 ta o'yinda maydonga tushib 11ta gol urdi va bu unga La Liganing eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida Antuan Grizmann singari hujumchilardan yuqori o'rinni egallashiga yetarli bo'ldi.

 
Serxio Ramos (CB) - 11ta gol
Anxel Rodriges (CF) - 10 ta gol
 Loren Moron - (CF) - 10 ta gol
 Antuan Grizmann (SS) - 9ta gol
 Maxi Gomes (CF) - 9 ta gol
 Chimy Avila (CF) - 9 ta gol
 Aleksandr Isak (CF) - 9 ta gol
 Sergi Gvardiola (CF) - 8 ta gol
 Borja Mayoral (CF) - 8 ta gol
 Roberto Soldado (CF) - 7 ta gol
 Martin Baytaytayt (CF) - 7ta gol

Hozirda Serxio Ramos 72ta gol bilan La ligadagi eng samarali himoyachilaridan biridir.

Manba: www.tribuna.com


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив