Restartdan keyin 11 ta tur (28—38) o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘n g‘alaba va bir durang qayd etgan Madridning "Real Madrid" jamoasi yetakchilik qildi.
Keyingi o‘rindan yana bir poytaxt vakili "Atletiko" o‘rin oldi. "Matraschilar" restartdan keyin 25 ochko to‘plagan. Mavsum qayta tiklanishidan avval peshqadam bo‘lib turgan "Barselona" esa 24 ochko to‘plagan holda 3-pog‘onadan joy oldi. Kike Setyen shogirdlari restartdan keyin 7 g‘alaba, 3 durang va bitta mag‘lubiyat qayd etdi.
La Liga restartidan keyingi natijalar bo‘yicha yetakchi jamoalar:
1. «Real Madrid» — 31 ochko
2. «Atletiko» — 25
3. «Barselona» — 24
4. «Sevilya» — 23
5. «Vilyarreal» — 22
6. «Granada» — 18
7. «Osasuna» — 18
Manba: www.std.uz

Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.