Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama
# "Hala-Madrid.Uz" - Telegramda...
# Qashqadaryo e'lonlari batafsil...

Tahminlar Plus 2-mavsum: "Reglament bilan tanishing"


Assalomu alaykum saytmizning qadrli foydalanuvchilari va "Real Madrid"ning ashaddiy muhlislari mana "Tahminlar Plus" loyihamizning ikkinchi mavsumini boshlashga yaqin turibmiz.

Loyihaning yangi mavsum uchun reglamentni e'tiboringizga havola etamiz

Diqqat: "Real Madrid" ishtirokidagi barcha rasmiy uchrashuvlarda o'z tahminingizni yozib qoldirishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun: Loyihamizning bir mavsumi "Real Madrid" uchun mavsumni yakunlab beruvchi o'yniga qadar davom etadi va shundan so'ng g'oliblar taqdirlanadi.

Baholash mezoni va tahmin qoldirish

Chempionlar ligasi: Ushbu turnir mavqiyidan kelib chiqgan holda har bir topilgan aniq hisob uchun 5+ ochko, to'plar nisbati uchun 3+ ochko ishlab olasiz va g'alaba uchun ochko taqdim etilmaydi.

La Liga va rasmiy bahslar: Ispaniya chempionati va barcha rasmiy maqomdagi uchrashuvlarda topilgan har bir aniq hisob uchun 3+ ochko, to'plar nisbati uchun 2+ ochko ishlab olasiz va g'alaba uchun ochko taqdim etilmaydi.

Tahminlar: Har bir qatnashchi faqat va faqat bir marta tahmin qoldirishi mumkin va birinchi qoldirilgan tahmin qabul qilinadi. Qolgan tahminlar esa qabul qilinmaydi va o'chirib tashlanadi.

Kim birinchi golni uradi: Qaysi jamoa futbolchisi bo'lishidan qatiy nazar! xoh "Real Madrid" xoh raqib safidan. Qaysi klub futbolchisi birinchi golni urishini topgan qatnashchi o'z hisobiga 7+ ochko jamg'arib oladi va har bir qatnashchi faqat bir futbolchi ismini yozib qoldirishi mumkin.

Qo'shimcha bal: Muxlislar talabiga binoan, uchrashuv qahramonini ham bashorat qilishingiz mumkin. Uchrashuv qahramoni kim bo'lishini topgan qatnashchi o'z hisobiga 2+ ochko ishlab oladi.

Tahmin qoldirish namuna: ( "Real Madrid" - "Atletiko Madrid" 2:1. 1-gol Benzema, Uchrashuv qahramoni Beyl. ) - tahmin qavis ichidagi ko'rinishda yozilishi shart va qavsni yozish shart emas. Ko'pchilik tahmini qanday qoldiraman deb murojat qiladi, bu oddiy "Tahminlar Plus" loyihasiga oid chiqarilgan maqolaga kirasiz va namunadagi ko'rshda fikr yozib qoldirsangiz bo'lgani. Loyiha ro'yxatdan o'tmaganlar uchun yopiq.

Shafoflik: Yangi mavsumdan boshlab ma'muriyat a'zolari loyihada qatnashish huquqiga ega emas va ular faqat loyiha nazoratiga javobgarlik qiladi, hamda shafoflikni taminlaydi.


O'rtoqlik uchrashuvi: rasmiy bo'lmagan bahslar loyihaga kiritilmaydi.

Qatnashchilar: Loyihada qatnashchilarni soni cheklanmagan va istagan foydalanuvchi qatnashish huquqiga ega.

Diqqat: Ketma-ket 5ta bahsni tahmin qoldirmasdan o'tkazib yuborgan qatnashchi. Loyihadan chiqarib yuboriladi.

Manba: www.hala-madrid.uz


Muallif: El Capitano

Teg: Loyihalar, Tahminlar Plus
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (8)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Roma"ga qarshi bahsda 2-golga uzatma bergan Benzema eng yuqori (8.9) ball jamg'arib uchrashuvni eng yaxshisi deb topildi..