Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa


La Liga qaytishga yaqin turibdi, chempionat davom ettirilishi va yangi joriy etilgan qoidalar "Real Madrid" ustozi Zinedin Zidanga qo'l kelishi mumkin.

Zidanning rotatsiyalar davri kelmoqda. "Deyarli teng kuchli ikki tarkib"

2016 yilning yanvarida jamoa boshqaruvi Zidanga o'tganindan buyon, u har safar quyidagi so'zlarni takrorlaydi: "Men uchun qo'l ostimdagi barcha futbolchilar muhim va men ularga ishonaman".

Barchamizning yodimizda 2016/2017 yilgi mavsumida Zidanning rotatsiyalari, "Real Madrid"ni La Liga va CHempionlar Ligasida g'olib bo'lishda muhim omillardan biri bo'lgandi. Ushbu mavsumda ham Zidan bu uslubidan kechgani yo'q masalan, kubokda "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda ham rotatsiya qilgandi - Mutaxassisning bu safar qarori unchalik muvaffaqiyatli bo'lmadi. Biroq, u pushaymon emas.

Mag'lubiyatlar frantsuz mutaxassisining taktikasini o'zgartirishga majbur qilolmaydi va bu faqatgina uning g'oyalarini kuchaytirdi. Zidanning rejalariga ko'ra, mavsumning so'nggi bosqichida, bir yarim oy davomida haftasiga ikkita o'yin o'tkazish kerak bo'lganda, bir-biridan deyarli farq qilmaydigan ikkita teng kuchli tarkibdan foydalanishga to'g'ri keladi. Zidan yangi o'yin oldidan tarkibda 8-9 nafar o'yinchini almashtirishi mumkin - bu uning rejasi, u buni jamoa va murabbiylar shtabiga singdirib kelgan: "Oldin barcha futbolchilar muhim edi, ammo hozir hammasi jiddiyroq".

Yangi qoidalarga ko'ra, endi har bir o'yinda 5 tagacha almashtirishni amalga oshirish mumkin, bunda ilgari Braim Diaz, Militao va Mariano singari kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan o'yinchilarda, o'zlarini ko'rsatishlariga ko'proq imkoniyat bo'lishi mumkin. Bu, shuningdek, maydonga tez-tez tushirilmaydigan qimmatbaho futbolchilarga ham tegishli, masalan Xames yoki Garet Beyl - agar murabbiy uning fikriga ko'ra har uch kunda jamoa tarkibini o'zgartirsa, asosiy tarkibdan joy olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Zidanning rotatsiyalar davri kelmoqda. "Deyarli teng kuchli ikki tarkib"

Zidan sentyabr, yanvar va mart oylarida xuddi shunday muammoga duch keladi, bu Kazemiro muammosi uning o'rnini jamoa futbolchilari bosa olmaydi. Faqatgina braziliyalik futbolchi almashtirib bo'lmaydigan o'yinchi bo'lib qolmoqda. Chunki undan boshqa barcha futbolchilarga o'rinbosar mavjud.

Gollarni soni ozligiga qaramay, Zidan hujumda ko'p imkoniyatlar beradigan Karim Benzema va Eden Azar, Vinisius, Garet Beyl, Lukas Vazkes, Rodrigo, Marko Asensio va Braimga, shuningdek jarohatlangan Luka Yovich va Marianoga ham ishonadi. Sakkizta o'yinchi va ularning har biri istalgan vaqtda tarkibga kirishlari mumkin va agar ikkita jarohatlangan forvard ham safga qaytib ulgurishsa, Zizuda imkoniyat yana ikkitaga oshadi.

Maydon markazida Kazemiro, Kroos, Modrich, Valverde, Isko va Xames ham Zidanga juda ko'p variantlarni taqdim etadi, ammo ularning aksariyati vaziyat yaratuvchan futbolchilar va raqib hujumlarni buzib tashlaydigan Kazemiro Madrid klubi safidagi yagona tayanch yarim himoyachi bo'lib qolmoqda.

Murod Obidovich tarjimasi




Muallif: Murod Obidovich |
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
King of the mach
Lukas Vazkes | "Betis" bilan bo'lgan uchrashuvda Lukas Vazkes ajoyib o'yin ko'rsatdi va yakunda 7.4 ball bilan jamoa tarkibida harakat qilgan eng yaxshi futbolchi dev topildi.