"Manchester Siti"ni mag'lub etish uchun "Real" nima qilishi kerak


"Manchester Siti"ga qarshi javob o'yini "Qirollik klubi" uchun katta qiyinchilik tug'diradi, chunki jamoa Chempionlar ligasining 1/16 finaal bosqichining dastlabki uchrashuvida (1-2) mmag'lubiyatga uchragandi, endi esa buni tuzatishiga to'g'ri keladi.

"Real Madrid" - Evropada bunday jasoratga ega bo'lgan ozchilik klublardan biri, ammo bu uchun Madridliklar ba'zi muammolarni hal qilishi kerak.

Eden Azarning formasini tiklash

Belgiyalikning bu yil boshi deyarli jarohatdan chiqmadi va mavsum oxirida ham yingil jarohat sababli so'nggi ikki o'yinni o'tkazib yubordi, shuning uchun Azarning tiklanishi muhim bo'ladi. "Siti"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun Eden murabbiylar shtabi uchun ustuvor vazifa bo'lib xizmat qiladi.

Militao-Varan duetidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilash

Serxio Ramosning bir o'yinga chetlatilgani sabab, Eder Militao o'zining eng muhim o'yinini Madrid formasida o'tkazadi. Mavsum davomida braziliyalikning formasi sezilarli darajada yaxshilandi, ammo u Pep Gvardiola jamoasiga qarshi turishi uchun eng yaxshi holatda bo'lishi kerak.

Saqlash

Zinedin Zidanning ta'kidlashicha, uning futbolchilari qisqa tanafusdan so'ng ham yaxshi formada bo'lishiga ishonadi: ular o'zlarini yakka tartibda ham professionalliklarini namoyish etishgan. Futbolchilar bir haftalik dam olishdan qaytgach, fitnes bo'yicha murabbiy Gregori Dupont mashg'ulotlarning dastlabki kunlarida shug'ullanadi: fransiyalik murabbiy tafsilotlarga favqulodda e'tibor berganligi sababli allaqachon Madrid muvaffaqiyatining asosiy qismiga aylandi va uning bilimi va ko'nikmalari "Siti"ga qarshi o'yinda muhim omil bo'ladi.

Beyl va Xames bilan ishlash

Garet Beyl yoki Xames Rodriges Zidan rejalariga kirmasligi aniq, ammo fransuz murabbiyi ushbu futbolchilarning xatti-harakati jamoaning kayfiyatiga ta'sir qilmasligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Marko Asensioga ishonish

Marko Asensio jiddiy jarohatdan so'ng maydonga muvaffaqiyatli qaytdi va La Ligani qayta boshlaganidan keyin uchta gol urdi. Karim Benzema bilan bir qatorda, ispaniyalik jamoaning eng xavfli snayperlaridan biri va Zidan unga "Manchester"da bir necha daqiqa vaqt ajratib berishi mumkin.

www.realmadrid.ru - saytidan Murod Sharifov tarjimasi.


2 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив