Kilian Mbappe "Real Madrid"ga o'tishi uchun besh sabab


Kilian Mbappe faoliyatida keskin burilish qilishga qaror qildi.

The Times nashri PSJ klubi bergan xabarga tayangan holda, futbolchi 2021 yil yozda klubdan ketmoqchi ekanini (shartnoma muddati 30 iyun 2022 yilgacha) malum qildi. Mbappening bunday kutilmagan qarori iqtisodiy masalalar bilan bog'liq emas, uning maoshi oshgan narx bo'yicha yiliga 20 mln evroni tashkil etmoqda. PSJdan ketish istagi shaxsiy va professional sabablar bilan bog'liq. Quyida franciyalik futbolchi klubdan ketishi uchun 5 sababni keltirib o'tamiz.

 "Real": Zinedin Zidandan hayratlanish

Kilian bolaligidan Zinedin Zidanga havas qilib kelgan. Franciya terma jamoasi Jahon CHempionati-1998da g'alaba qozonganidan 5 oy o'tib, Mbappe tavallud topgan. O'sha o'yinda Franciya jamoasi Ronaldo va Roberto Karlosdek o'yinchisi bo'lgan Braziliyani Zidanning dubli (3-0) evaziga mag'lub etgandi. Kilianning otasi Zidanni o'z kumiri deb hisoblardi, shuning uchun Kilian bolaligidan u bilan tanishishni orzu qilardi. Mbappe hali bolalik davridayoq xayriya uchrashuvidan so'ng u bilan suratga tushishga muvaffaq bo'lgan, 14 yoshida esa deyarli "Real Madrid"ga o'tgan va Valdebebas mashg'ulot bazasiga borgan hamda yana bir kumiri Krishtianu Ronaldu bilan uchrashgan. Yodingizda bo'lsa, avval ham qahramonimiz xonasida "Madrid"ning ikki afsonasi bilan tushgan suratlari devorda osilib turgani haqida maqola chop etgan edik.

Kilian Mbappe "Real Madrid"ga o'tishi uchun besh sabab

 CHempionlar Ligasida zafar quchish istagi

Mbappe "Monako"da o'ynab yurgan vaqtlarda (2017) CHempionlar Ligasi yarim finaligacha chiqqan. O'sha payt u 18 yosh bo'lishiga qaramay, klub muvaffaqiyatga erishishida uning o'yini muhim omillardan biri bo'lgan. SHundan so'ng, Mbappega "Madrid" va PSJ etibor qarata boshladi, lekin u bilan shartnoma imzolash baxti francuz klubiga nasib etdi. Kilian PSJ bilan ECHLning uch mavsumida ishtirok etgan va oxirgi urinishda finalgacha etib bordi, biroq bosh sovrinni qo'lga kiritish hali nasib etgani yo'q.



Franciya klubi Lissabonda o'z orzusiga erishishga yaqin turgandi, ammo "Bavariya" undan kuchliroq chiqdi. Mbappe uzoq kutolmaydi, hech kimga sir emas, "Real Madrid" — ushbu turnirning qiroli hisoblanadi (13 ta g'alaba). Kilian ham buni juda yaxshi biladi. Maqsadiga erishish uchun "Real" ideal variant.

 "Oltin to'p"

Ko'pchilikka malum, agar kim CHempionlar Ligasida g'alaba qozonsa, "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyati keskin ortadi. PSJning Evropadagi muvaffaqiyatsizliklari Mbappega salbiy tasir ko'rsatdi, Franciya termasi bilan JCH-2018da g'alaba qozonganiga qaramay, u mashhur individual sovringa yaqin ham kelolmadi. "Madrid"da ko'plab "Oltin to'p" sohiblari o'ynagan: Zidan, Ronaldo, Figu, Krishtianu (Qirollik klubida 4 marta mukofotga ega chiqqan), Modrich.



Kilianning fikricha, "Real Madrid" futbolga ham, OAVga ham katta tasir ko'rsatadi va u istagan "France Football" tomonidan beriladigan sovrinni qo'lga kiritishida yordam bera oladi. "Liverpul" sobiq o'yinchisi va Afrikada "yilning eng yaxshi o'yinchisi" toifasida ikki karra "Oltin to'p" sohibi El-Xadji Diuf shunday degan edi: "Agar Kilian "Oltin to'p" yutishni istasa, Franciyadan ketishi lozim".

 Yangi "Bernabeu"

Mbappe "Madrid" hamda 2022 yil qurib bitkaziladigan eng zamonaviy "Santyago Bernabeu" stadionidagi katta islohotlarni ham yaxshi biladi. Kilian loyihani ko'rgan va qanchalik katta hajmdagi ish qilinayotgani unga malum. Yangilanish faqatgina stadion bilan amalga oshmaydi, rahbariyat bir nechta TOP futbolchini ham ko'zlab yuribdi. Mbappening o'zi ham yangi va zamonaviy "Beranabeu"da o'ynash unga katta motivaciya berishini tan olgandi. Agar hammasi rejadagidek bo'lsa, tribunalar muxlislar bilan to'lishi aniq.



 Francuzcha "Madrid"

"Jamoada Zidan va uning yordamchilari ham franciyalik bo'lishidan tashqari, Kilian kiyinish xonasida ham Varan, Benzema va Mendi, balki yana Kamavinga va Upamekano bilan elkama-elka bo'lishi mumkin. "Madrid"da francuzlar etarlicha topiladi, bu esa Kilianning klubga moslashishini osonlashtiradi. "Qirollik klubidagilar" Mbappe jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o'rinbosari bo'la olishi va yaqin 5-10 yilga asosiy yulduzlardan biriga aylanishiga ishonadilar. Mbappe bu chorlovga tayyor ekanligini bildirmoqchi. Yana bir yil kutsak bo'ldi.

 "CA" - nashridan Nozima Zaripova tarjimasi  www.hala-madrid.uz uchun maxsus.



1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.